Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g


Muammoli bayon qilish metodi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/88
Sana20.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1788385
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   88
Bog'liq
7.Matematika o\'qitish metodikasi

3. Muammoli bayon qilish metodi. Bu metod yordamida ta’lim 
jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi u yoki bu qoida aytish bilan chegaralanib 
qolmasdan, ovoz chiqargan holda mulohaza yuritib, ta’lim oluvchilar oldiga 
muammo qo‘yadi va uni hal qilish jarayonini ko‘rsatadi. Bunday tushuntirish 
ishonchliroq bo‘ladi va u ta’lim oluvchilar faolligini oshishiga olib keladi. 
Natijada ularning fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, bilish xarakteridagi mustaqil 
izlanishlarni olib borishga undaydi. 
4. Qisman izlanish (Evrstik) metodi. Bu metod yordamida ta’lim 
jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi ta’lim oluvchilar oldiga muammo qo‘yadi, 
o‘zi esa o‘quv materialini bayon etadi. Lekin mavzuni bayon qilish jarayonida u 
ta’lim oluvchilar oldiga savollar qo‘yib boradi. Bu qo‘yilgan savollar ulardan 
javoblarni izlash jarayoniga qo‘shilishni va natijada bilish xarakteridagi biror 
topshiriqni bajarishni talab etadi. Natijada ta’lim oluvchilarda mustaqil izlash, 
mustaqil izlanish kabi qobiliyatlar shakllanadi. Pirovardida ularda mustaqil va 
mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. 
5. O‘qitishning tadqiqot metodi. Bu metod yordamida ta’lim jarayonini 
tashkil etishda ta’lim oluvchilar oldiga muammo qo‘yiladi. Ular qo‘yilgan 
muammoni tushunib olgandan so‘ng o‘zlari uni hal qilish rejasini tuzishadi
tekshirish usulini aniqlashadi, kuzatishlar olib borishadi. Tajribalarni 
to‘plashadi, olingan faktlarni taqqoslashadi, tasniflashadi, yig‘ilgan 
ma’lumotlarni umumlashtirishadi va yakuniy xulosalar chiqarishadi. Ko‘rinib 
turibdiki, bu metoddan foydalanishda mantiqiy fikrlash amallariga asoslanib ish 
olib boriladi. Ma’lumki, ta’lim jarayonini bunday tashkil etish ta’lim 
oluvchilarning mustaqil bilim olishini rag‘batlantirish bilan bir qatorda ularning 
fikrlash qobiliyatlarini yanada o‘sishiga olib keladi. 
O‘quv mashg‘uloti jarayonida muammolarni hal qilish yo‘li bilan ta’lim 
oluvchilarga yangi bilimlar berishda muammoli bayon qilish, qisman izlanish 
va tadqiqot metodlaridan birgalikda foydalanish taqozo etiladi. 
Ta’lim oluvchilar izlanish faoliyatlarining mustaqillik darajasi yuqoridagi 
metodlarda bir-biridan ajralgan holda namoyon bo‘ladi. 


54 
Masalan. Tadqiqot metodi yordamida o‘quv mashg‘uloti jarayonini yoki 
ta’lim oluvchilar mustaqil ta’limini tashkil etishda ularning mustaqillik darajasi 
eng yuqori darajasiga erishadi. Bunda ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatlari 
o‘z xarakteriga va bosqichlariga ko‘ra ilmiy-tadqiqot ishlariga yaqinlashib 
boradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling