Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
7.Matematika o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli vaziyat
6. Muammoli o‘qitish metodi. Mazkur metod - bilimlarni muammoli
bayon qilish, qisman izlanish va tadqiqot metodidan iborat bo‘lib, bu uchta metoddan foydalangan holda ta’lim jarayonini tashkil etish metodi - muammoli o‘qitish metodi deb yuritiladi. Muammoli o‘qitish deganda – muammoli vaziyatlar hosil qilish, muammoni shakllantirish (bunda asta-sekin ta’lim oluvchilarning o‘zlari jalb qilinadi), muammolarni hal qilishda ta’lim oluvchilarga kerakli ko‘rsatmalarni berish, egallangan bilimlarni ma’lum tizimga solish va ularni mustahkamlash jarayoniga boshchilik qilish kabi ishlar majmuasini tushunish mumkin. Muammoli o‘qitish jarayonida qo‘yilgan o‘quv muammolari amaliy va nazariy qiyinchiliklarni yuzaga keltirib, bularni hal etish ta’lim oluvchilardan tadqiqotchilik faolligini talab qiladi. Bu ta’lim oluvchilardan ma’lum talab va ehtiyojlarga amal qilgan holda qo‘yilgan muammoni hal etish jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchiliklarni yengib o‘tishga intilishlarni rag‘batlantiradi. Natijada ta’lim oluvchilar mazkur jarayonda yangi bilimlarni egallaydilar, yangi tajribaga ega bo‘ladilar va mustaqil faoliyat yuritish qobiliyatlarini yanada rivojlanishiga erishadilar. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, muammoli o‘qitishning eng muhim hususiyati bu muammoli vaziyatlarni yarata bilish ekan. Bu o‘qituvchidan yuqori kasbiy maxorat va nazariy-amaliy tayyorgarlik talab etadi. Muammoli vaziyat – bu o‘qituvchi tomonidan yangi nazariy bilimlarni egallash jarayonida ta’lim oluvchilar oldiga bilimlari yetishmasligi tufayli birdaniga to‘la javob bera olmaydigan savollarni qo‘yilishidir. 55 Muammoli vaziyatning asosini ta’lim oluvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan noma’lum yoki qo‘yilgan muammoli vaziyatni hal qilish uchun hozircha ular ega bo‘lmagan bilimlar majmuasi tushuniladi. Umuman, Muammoli o‘qitish metodi yordamida ta’lim jarayonini tashkil etish ta’lim oluvchilarning angalangan va mustaqil holda bilimlarni egallash imkoniyatlarini oshiradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling