Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g


O‘qituvchi boshchiligida bajariladigan o‘quv ishlar metodlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/88
Sana20.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1788385
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   88
Bog'liq
7.Matematika o\'qitish metodikasi

6.3. O‘qituvchi boshchiligida bajariladigan o‘quv ishlar metodlari 
6.3.1. Faol metodlar (Ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlari metodi) 
Hozirgi axborotlar oqimi kundan-kunga oshib boryotgan bir paytda ta’lim 
jarayoni samaradorligini oshirishda ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlari 
metodiga katta e’tibor bilan qarash talab etilmoqda. Mustaqil ishlar hozirgi 
kunda ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan yangi nazariy 
bilimlarni egallash bosqichida ham keng qo‘llanilishini kuzatish mumkin. 
Didaktik adabiyotlarda mustaqil ish tushunchasiga turli xil ta’riflar 
berilgan. Bizning nuqtai-nazarimizda akademik B.P.Esipov tomonidan mustaqil 
ish tushunchasiga berilgan ta’rif hozirgi kunda ham o‘z qiymatini yo‘qotmagan. 
B.P.Esipov izlanishi natijalariga ko‘ra “Ta’lim oluvchilarning ta’lim jarayoniga 
qo‘shiluvchi mustaqil ishlari, bu o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz, o‘quv 
rejasi bo‘yicha maxsus ajratilgan vaqt davomida uning topshiriqlari asosida 
bajarilgan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan ish bo‘lib, bunda ta’lim oluvchilar 
topshiriqda qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yakka holda yoki 
guruhlarga bo‘lingan holda o‘z kuchlarini sarflaydilar. Aqliy yoki jismoniy 
(yoki ikkalasini bir vaqtda) harakatlar natijasini biror shaklda ifodalab
maqsadga erishish uchun ongli ravishda intiladilar”.
Mustaqil ishlar mazmuni va maqsadiga ko‘ra turlicha bo‘lib, o‘zaro bir-
biridan quyidagilarga ko‘ra farq qilinadi: 


52 
1. Didaktik maqsadlar bo‘yicha. Bunday ko‘rinishdagi mustaqil ishlar 
yangi nazariy materialni o‘zlashtirishga tayyorlashga, yangi nazariy bilimlarni 
o‘zlashtirishga, ularni mustaxkamlashga yoki ilgari o‘rganilgan materiallarni 
takrorlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin; 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling