Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g


 Ta’lim oluvchilar mustaqil ishlarini tashkil etish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/88
Sana20.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1788385
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88
Bog'liq
7.Matematika o\'qitish metodikasi

6.2.1. Ta’lim oluvchilar mustaqil ishlarini tashkil etish
Ta’lim oluvchilar mustaqil ishlarini tashkil etishda “Ta’lim oluvchilar 
mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish”
11
bo‘yicha yo‘riqnomada 
belgilangan quyidagi asosiy omillarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir: 
1Ta’lim oluvchilar mustaqil ishlari quyidagi ikki ko‘rinishda tashkil 
etiladi: 
 a) auditoriyada: o‘tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va 
mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi
b) auditoriyadan tashqarida: O‘quv dasturidagi ayrim mavvzularni 
mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va 
laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot 
harakteridagi ishlar va h.k. 
Birinchi tur ishlari ta’lim oluvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini 
o‘zlashtirib borish darajasi, amaliy mashg‘ulotlarga (amaliyot, laboratoriya, 
seminar o‘quv mashg‘ulotilari) tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining 
bajarilish sifatini tekshirish maqsadida, odatda, nazorat ishlari olish, savol-
javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlarni bajartirib ko‘rish va h.k. 
11
Талабаларни мустақил ишини ташкил этиш ва назорат қилиш бўйича ЙЎРИҚНОМА. //Олий ва ўрта 
махсус таълим вазирлигининг 2009 йил 14 августдаги 286-сонли буйруғи билан тасдиқланган.


49 
usullarda asosan amaliyot o‘quv mashg‘ulotilarida nazorat (joriy nazorat) 
qilinadi. 
Joriy nazoratda ta’lim oluvchining o‘quv mashg‘uloti paytida o‘tilgan 
materiallarni o‘zlashtirish va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, 
bajarish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi e’tiborga olinadi. 
Ikkinchi tur ishlari fanning ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan 
tashqarida o‘zlashtirilishi belgilangan mavzu bo‘yicha ma’lumot va 
axborotlarni mustaqil ravishda izlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish 
(yoki referat tarzida rasmiylashtirish) va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni 
talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. 
Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va o‘zlashtirish sifatining nazorati o‘quv 
mashg‘ulotidan tashqari paytlarda, maxsus belgilangan konsultatsiya 
soatlarida amalga oshiriladi
12

2. Ta’lim oluvchilar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni bosqichma-
bosqich, oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini ta’minlash
3. Ta’lim oluvchilar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda 
quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratish:

fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil 
o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash; 

amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib 
kelish; 

ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash; 

kurs ishi (loyihalari)ni bajarish; 

bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar 
to‘plash; 

hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish; 

maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash; 
12
Шу жойда


50 

amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali 
savollar va topshiriqlar tayyorlash

ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash; 

amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash; 

uy vazifalarini bajarish va boshqalar
13

4. Mustaqil ta’lim jarayonida berilgan topshiriqlarni har bir ta’lim 
oluvchi mustaqil amalga oshirishiga erishish.  
Bu omilni amalga oshirishda quyidagi tartibda ish olib borish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling