6.2. Ta’lim oluvchilar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar va ularni tashkil
etish tartibi
Ta’lim oluvchilar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar o‘quv mashg‘ulotii
auditoriyadan tashqarida amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib, u mustaqil
ishlarni bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanmalar berish va uning bajarilishini
nazorat qilib borish maqsadida tashkil qilinadi.
Ta’lim oluvchilar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar o‘quv mashg‘ulotii
fanning kalendar-tematik rejasiga muvofiq o‘tkaziladi. O‘quv rejasi bo‘yicha
o‘rganiladigan har o‘quv fani bo‘yicha ta’lim oluvchilarning mustaqil ish
mavzulari va mazmuni, ularni bajarish yuzasidan hisobot shakllari quyidagilarni
o‘z ichiga oladi:
Mustaqil ish mavzularidan birini tanlash va kafedrada ro‘yxatdan
o‘tkazish:
Mavzu yuzasidan ish olib borish;
Mavzu yuzasidan kerakli ma’lumotlarni to‘plash;
Yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish;
Mavzu bo‘yicha ko‘rgazmali materiallarni tayyorlash;
48
Mavzu bo‘yicha yuqorida bajarilgan vazifalar asosida hisobot
tayyorlash.
Mustaqil ishni bajarish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar:
mustaqil ish mavzulari bo‘yicha ish yuritish jarayonida birlamchi
manbalardan ko‘proq foydalanish va bugungi kundagi ahamiyatini ochib
berishga e’tibor qaratish;
mavzu yuzasidan bugungi kunda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari
bilan tanishish;
MS Offce dasturlari, Word, Excel, Power Point larda ishlash bo‘yicha
kutubxona fondidagi elektron o‘quv mashg‘ulotiliklardan foydalanish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |