2.
Mustaqil ishlayotgan material bo‘yicha. Masalan, o‘quv
mashg‘ulotilik bilan yoki didaktik material ustida ishlashda va h.k.
3. Talab qilinadigan faoliyat xarakteri bo‘yicha. Bunda mustaqil ishlar
berilgan namuna bo‘yicha yoki berilgan qoida bo‘yicha bir-biridan farq
qilinadi.
4. Tashkil qilinishi usuliga ko‘ra. Bunda butun guruh ishi (bunda butun
guruh bitta topshiriqni bajarishadi), kichik guruhlarga bo‘lingan holdagi ish
(bunda guruh a’zolari kichik guruhlarga bo‘lingan holda har bir guruh alohida-
alohida har xil topshiriqlarni bajarishadi), yakka tartibdagi ish (bunda
guruhning har bir a’zosi maxsus topshiriq ustida mustaqil ishlaydi).
Ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlari metodlariga quyidagilar kiradi (bu
metodlar hozirgi kunda faol metodlar ham yuritiladi):
1. Izohli-illyustrativ metod. Bu metod yordamida ta’lim jarayonini
tashkil etishda o‘qituvchi tomonidan tayyor ma’lumotlar har xil vositalar
yordamida ta’lim oluvchilarga beriladi, ular bu ma’lumotlarni qabul qiladilar,
tushunib oladilar va eslab qoladilar. Bu ma’lumotlarni berishda o‘qituvchi
og‘zaki (gapirib so‘zlab berish, tushuntirish), yozma (o‘quv mashg‘ulotilik,
qo‘shimcha o‘quv qo‘llanmalari), ko‘rgazmali (kartinalar, rasmlar, sxemalar,
harakat usullarini ko‘rsatish) metodlar orqali amalga oshiradi. Bu jarayonda
ta’lim oluvchilar bilimlarni chuqur o‘zlashtirish uchun zarur bo‘ladigan barcha
faoliyat ko‘rinishlarini bajaradilar. Masalan: tinglashadi, ko‘rishadi, sezishadi,
o‘qishadi, kuzatishadi, yangi o‘rgangan ma’lumotlarni ilgari o‘rganganlari bilan
taqqoslashadi va eslab qolishadi.
2. Reproduktiv metod. Bu metodning asosiy belgisi faoliyat usulini
tinglash va o‘qituvchining topshiriqlari bo‘yicha takrorlashdan iborat. Bu metod
yordamida ta’lim oluvchilarda malaka va ko‘nikmalar shakllantiriladi.
53
Do'stlaringiz bilan baham: |