1. Izohli-illyustrativ metod


Download 21.15 Kb.
bet1/3
Sana17.01.2023
Hajmi21.15 Kb.
#1096911
  1   2   3

O‘quvchilarni mustaqil faolliklari darajasiga ko‘ra klassifikasiyalanuvchi metodlar

1. Izohli-illyustrativ metod. Yangi axborotlarni ilgari o‘zlashtirilgan axborotlar bilan taqqoslashadi va eslab qolishadi.

2. Reproduktiv metod. Reproduktiv metodning asosiy belgisi faoliyat usulini tiklash va o‘qituvchining topshiriqlari bo‘yicha takrorlashdan iborat. Bu metod yordamida o‘quvchilarda malaka va ko‘nikmalar tarkib topadi.

3. Bilimlarni muammoli bayon qilish.

Izlanishlarni olib borishga o‘rgatadi.



4. Qisman izlanish yoki evristik metod.

O‘qitishning tadqiqot metodi.

Masalan, 1-sinf o‘quvchilarida sonni yig‘indiga qo‘shish uquvini shakllantirish metodikasini qaraylik. O‘quvchilarga ushbu tengliklarni namoyish etuvchi rasmlar ko‘rsatiladi:

a + (b + c) = d, (a +b) + c = d, (a + c) + b = d

Bu ko‘rinish bo‘yicha masalalar tuziladi va o‘quvchilar ularni narsalar vositasida yechadilar. Yechimni analitik ifodalab, o‘quvchilar sonni yig‘indiga qo‘shish qoidasiga keladilar.

Тo‘g‘ri to‘rtburchak haqida tasavvur hosil qilishda o‘quvchilarga (1-sinf) orasida to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lgan to‘rtburchaklar to‘plami (qolgan to‘rtburchaklarning burchaklari tengmasligi yaqqol ko‘rinib turadi) ko‘rsatiladi. Mazkur shakllarning xususiyatlarini tahlil etib, o‘quvchilar, bu to‘rtbur-chakdan biri alohidadir degan xulosaga keladilar: uning barcha burchaklari teng va to‘g‘ri burchaklardir. Тo‘rtburchaklarning bu turiga kam e’tibor beriladi, ularning xarakteristika xossasi eslab qolinadi.

Mutlaqo turli o‘quv maqsadlari uchun foydalanilgan bu usullardagi umumiylikni payqash oson. O‘qituvchi birinchi holda ham, ikkinchi holda ham o‘quvchilarga elementlari puxta tanlangan biror to‘plamlarni ko‘rsatadi. Elementlarni muvaffaqiyatli tanlash o‘quv materialini o‘zlashtirish sur’atini tezlashtiradi. Dastlabki to‘plamlardagi elementlar sonini orttirish, ularni rang-barang qilish bilan (masalalarni mazmuni bo‘yicha, to‘rtburchaklarni, masalan, rangi bo‘yicha), o‘qituvchi o‘quv materialini yanada sifatliroq o‘zlashtirilishini ta’minlashi mumkin. o‘quvchilarning ishi o‘qituvchi tayyorlagan didaktik materiallarni kuzatish va tahlil qilishdan iborat bo‘ladi. O‘qitishda bunday didaktik yo‘llardan doimo foydalanish matematik bilimlarni egallashda o‘quvchilarning mustaqil ishtiroki ulushining ortishiga yordam bera olmaydi. Ular hech qachon, ob’ektlar to‘plamini tadqiq qilish uchun asosiy narsani o‘qituvchi qilganidek, ajaratib ola bilmaydilar (chunki o‘qituvchi bu to‘plamni o‘rganilayotgan ob’ektlarning xarakteristik xossalarini bila turib tuzadi).

Endi matematik bilimlarni mustaqil olishga, ya’ni matematik faoliyatni amalga oshirishga o‘quvchilarni o‘rgatishga maxsus yo‘naltirilgan metodik yo‘llarni ko‘rib chiqaylik. Matematika o‘qitish metodikasi bunday faoliyatning uch jihati ajaratiladi: empirik materialni matematikalashtirishga (EMM), matematik materialni mantiqiy tashkil etish (MMMТE), matematik nazariyani qo‘llash (MNQ). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari biror darajada mantiqiy vositalarga ham ega emaslar va ularning matematik bilimlari nazariy xaraktyerda emas, shu sababli ularni matematik faoliyatga o‘rgatish masalasi biror darajada faqat EMM ga nisbatan va mutlaqo oz darajada MMMТE ga nisbatan hal etilishi mumkin.

O‘quvchilarni EMM ga o‘rgatish yo‘llari mohiyati quyidagidan iborat:

1. O‘quvchilarning ma’lum xossaga ega bo‘lgan real ob’ektlar, holatlarni izlashga yo‘naltirilgan ishlari tashkil etiladi, bunda bu xossa real ob’ekt, holat ko‘rinishidagi namuna vositasida yoki atrof-muhitdan bu namunalarni topish mumkin bo‘lgan umumiy ko‘rsatma bilan berilishi mumkin.

2. O‘quvchilarning mazkur ob’ektlar, holatlarning modellarini yasash bo‘yicha faoliyatlari tashkil etiladi. Modellarning umumlashganlik, abstraktlashgan darajasi sekin-asta ortib borishi lozim. Bu bosqichning oxirida o‘quvchilar yo matematik til vositalari (sonlar, harflar, ifodalar va h.k) bilan, yoki grafik vositalar (sxemalar, chizmalar, diagrammalar) bilan ifodalangan modellarni hosil qiladilar.

3. Hosil qilingan modellarni o‘quvchilar empirik (vizual, ustma-ust qo‘yish, o‘lchash va h.k. bilan) tadqiq etadilar. Modellarni xossalarni tavsiflanadi. Mazkur tavsif tahrir etiladi: undan muhim bo‘lmagan, befoyda so‘zlar chiqariladi, ikkiyoqlama mazmunlilik bartaraf etiladi. Boshqa tomondan, xossalar ro‘yxatining o‘zi ham ushbu tamoyil bo‘yicha qisqartiriladi: faqat hamma qaralayotgan modellar ega bo‘lgan xossalargina qoldiriladi.

4. O‘quvchilar qaralayotgan to‘plamning elementlari uchun umumiy bo‘lgan barcha xossalarni qanoatlantiradigan modelni tuzadilar. Bu model mateatik til yordamida tavsiflanadi.

O‘quvchilarni EMM ni o‘rgatish usulini aniq misollarda ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir.

Boshlang‘ich sinflarda asosiy matematik tushunchalarni shakllantirishning interfaol metodlari




Download 21.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling