Tarqatma materiallar metodik ishlarning shakllari
Download 40.78 Kb.
|
tar mat
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALI MASLAHATLAR 1. DARSLIK VA ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH YUZASIDAN MASLAHATLAR
- Darslik bilan ishlash malakalari shakllantirilishi
TARQATMA MATERIALLAR METODIK ISHLARNING SHAKLLARI O’quv xonasi Doska Flipchart, flipchart qog’ozi-1 o’ram Markerlar-4 komplekt Qog’oz A4 formatli-30 dona Tarqatma materiallar Kodoskop Slayd qog’ozlari-10 dona Multimedia to’plami (kompyuter, video proektor, ekran) Oq doska Kompyuter xonasi FOYDALI MASLAHATLAR 1. DARSLIK VA ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH YUZASIDAN MASLAHATLAR Ma’lumki, an’anaviy ta’lim tizimida mustaqil ravishda adabiyotlar va darsliklarni o‘rganishda juda ko‘p hollarda kerakli ma’lumotlar ulardan ko‘chirib olinar edi. Bugungi kunda bunday yo‘l bilan bilimlar bazasini oshirib bo‘lmaydi. Chunki axborotlar oqimining uzluksiz ravishda shiddat bilan oshib borishi har biri mutaxassis yoki bo‘lg‘usi mutaxassisdan ko‘chirib olgan har bir ma’lumot yoki qoidalar yoki tushunchalarning har birini o‘z vaqtida shaxsiy fikrlariga tayangan holda sharhlay olishi hamda asoslab bera olishini talab etadi. Bular esa o‘z navbatida oldindan o‘rganilgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalarni ongli ravishda o‘zlashtirgan hamda anglagan bo‘lishini talab etadi. Aks holda biz ham, talaba ham ko‘zlangan maqsadga erisha olmaymiz. Chunki talaba tomonidan o‘rganilgan yoki o‘rganilayotgan biror mavzu yoki fanni o‘zlashtirishda uni yaxshi bilib olishni o‘zi yetarli bo‘la olmaydi. Negaki, oldindan egallangan bilimlar darajasi o‘z amaliy faoliyatida yoki yangi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonidagi amaliy vaziyatlarda namoyon bo‘ladi. Bunda talabalar mustaqil ishlarini quyidagi qismlarga ajratish mumkin: Ma’ruza matnlarini o‘qish; O‘rganilayotgan mavzuga aloqador bo‘lgan turli o‘quv va ilmiy metodik adabiyotlarni o‘qish, undagi tushunchalarni tahlil qilish va shu asosida matn tuzish; Mazkur jarayonda alohida e’tiborni qaratish zarur bo‘lgan ma’lumotlarni darslikdan o‘qish; Olingan barmacha ma’lumotlarni umumlashtish va yakunish xulosa chiqara olish va h.zo. Ma’lumki, darslik ta’lim maqsadlariga erishshish va uning samaradorligini oshirishda asosiy ta’lim vositasi hisoblanib, u talabaning mustaqil ta’lim olishida muhim o‘rin tutadi. Chunki, darslik – o‘rganilayotgan fan bo‘yicha dasturga asoslangan holda yaratilgan bo‘lib, u mazkur fan bo‘yicha butun materiallarni qisqartilgan holda bo‘lsa ham o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi va minimal darajada o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan majburiy bilimlar hajmini belgilab beradi. Darslik bilan ishlash malakalari shakllantirilishi jarayonida turli ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ishlash asosida o‘rganilayotgan fanni chuqur o‘rganish imkoniyatlari oshishini talaba tomonidan ongli ravishda qabul qilinishiga erishish mustaqil ta’limning to‘g‘ri tashkil etish va shu asosida kelgusida uzluksiz ravishda o‘z bilimlarini oshirib borishga bo‘lgan intilishlarni rag‘batlantirilishiga olib keladi. Download 40.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling