Tarqatma materiallar metodik ishlarning shakllari


Mustaqil ta’lim jarayonida berilgan topshiriqlarni har bir talaba mustaqil amalga oshirishiga erishish


Download 40.78 Kb.
bet2/5
Sana21.02.2023
Hajmi40.78 Kb.
#1218231
1   2   3   4   5
Bog'liq
tar mat

3. Mustaqil ta’lim jarayonida berilgan topshiriqlarni har bir talaba mustaqil amalga oshirishiga erishish.
Bu omilni amalga oshirishda quyidagi tartibda ish olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
A) Topshiriqni maqsadini belgilash. Bu talabalar guruhi tomonidan amalga oshiriladi(Guruhni shakllantirishda o‘qituvchi talabalarning xohish-istagidan kelib chiqqan holda shakllantirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki guruh a’zolari orasida o‘zaro kelishmovchiliklar kelib chiqishi va ular topshiriqni bajarish jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin). Bunda topshiriqni bajarilishi yuzasidan ular o‘z farazlari, takliflarini o‘zaro o‘rtoqlashadilar va bu borada topshiriqni bajarish bo‘yicha o‘z takliflarini beradilar.
V) Topshiriqni bajarishni rejalashtirish. Bu bosqichda guruh yetakchisi boshchiligida guruh a’zolari tomonidan belgilangan maqsadga erishish rejasi tuziladi. Buning uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlar o‘rganib chiqiladi.
S) Topshiriqni bajarish. Berilgan topshiriq guruh a’zolari tomonidan tuzilgan reja asosida birgalikda yoki alohida-alohida bajariladi.
D) Baholash. Topshiriq bajarilib bo‘lingandan so‘ng guruh yetakchisi o‘z yetakchiligiga baho beradi. Guruh a’zolari esa umumiy guruh ishiga baho beradi.
Topshiriqni bajarish jarayonida guruh ishning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchi tomonidan oldindan quyidagi tartibdagi ko‘rsatmalarni berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  • Guruh a’zolari bir-birini diqqat bilan tinglashi;

  • Guruh a’zolarini navbat bilan o‘z fikrlarini o‘rtoqlashishi;

  • Guruh a’zosining fikri bajarilishi talab etilayotgan topshiriqni bajarish uchun to‘hri bo‘lmasa ham uni oxirigacha tinglash talab etiladi va h.zo(Topshiriqni bajarishni yozma ravishda amalga oshirish ham maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki ba’zi hollarda kishi o‘z fikrini yozma holda yaxshiroq va erkinroq ifodalashi mumkin).


Download 40.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling