Tarqatma materiallar metodik ishlarning shakllari


Har bir talabani kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun turtki bo‘luvchi asosiy omillarni shakllantirish


Download 40.78 Kb.
bet4/5
Sana21.02.2023
Hajmi40.78 Kb.
#1218231
1   2   3   4   5
Bog'liq
tar mat

Har bir talabani kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun turtki bo‘luvchi asosiy omillarni shakllantirish.

Bunda 1 - kurs maktabini shaklantirish jarayonidagi dastlabki mashg‘ulotlarda Siz nima uchun mazkur oliy ta’lim muassasasida ta’lim olishni xohladingiz(bunda talaba faqatgini “diplom” uchun yoki “obro‘” uchun o‘qiyotgan bo‘lsa unga alohida tushuntirilishi kerak bo‘lgan narsalar ko‘p)? – degan savolga har bir talabadan yozma ravishda yetarli javobni olish va shu orqali ularning har biri uchun zarurat bo‘lsa alohida tartibda ish olib borish ko‘zlangan maqsadga erishishda asosiy hisoblanadi. Bunda talabalarga bozor iqtisodiyoti sharaoitidagi mehnat bozori va undagi raqobatni mohiyatini anglangan darajaga yetkazgan holda tushuntira olish katta rol o‘ynaydi. Bu talabalarda tanlagan mutaxassislik bo‘yicha yuqori nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega bo‘lmasdan turib bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozoridan o‘ziga munosib ish o‘rnini topa olmasligiga ishonchni shakllantiradi. Ana shu mustaqil ta’limga yo‘naltirishda asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, talabalar juda ko‘p hollarda biror narsani tushunmasa yoki bilishni istasa ham bu borada o‘z yoki boshqa bir o‘qituvchiga o‘qituvchiga murojaat qilmaydi. Aksincha, birinchi navbatda (ko‘pincha biror qiyinroq nazariy materiallarni tushunib olishga intilishda yoki biror amaliy masalani hal etish jarayonida) o‘zining oldindan egallagan bilimlariga tayangan holda faoliyat ko‘rsatishadi. Bu qanday darajada samarali bo‘lishidan qat’iy nazar yaxshi albatta. Ammo tajriba shuni ko‘rsatadiki, 1-kurs talabalari oliy ta’lim muassasasiga birinchi qadam qo‘ygan paytida bu holatga yetarli darajada tayyor emasligi ayyon bo‘lmoqda.Umuman, talaba o‘zining oldindan egallagan bilimlariga tayangan holda biror qiyinroq nazariy materiallarni tushunib olishga yoki biror amaliy masalani hal etishga intilishini to‘g‘ri yo‘naltira olish ham mustaqil ta’limga yo‘naltirishda asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Download 40.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling