Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g


O‘quv adabiyotlardan foydalanish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/88
Sana20.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1788385
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88
Bog'liq
7.Matematika o\'qitish metodikasi

 O‘quv adabiyotlardan foydalanish 
 Ma’lumki, an’anaviy ta’lim tizimida mustaqil ravishda adabiyotlar va 
o‘quv mashg‘ulotiliklarni o‘rganishda juda ko‘p hollarda kerakli 
ma’lumotlar ulardan ko‘chirib olinar edi. Bugungi kunda bunday yo‘l bilan 
bilimlar bazasini oshirib bo‘lmaydi. Chunki axborotlar oqimining uzluksiz 
ravishda shiddat bilan oshib borishi har bir mutaxassis yoki bo‘lg‘usi 
mutaxassisdan ko‘chirib olgan har bir ma’lumot yoki qoidalar yoki 
tushunchalarning har birini o‘z vaqtida shaxsiy fikrlariga tayangan holda 
sharhlay olishi hamda asoslab bera olishini talab etadi. Bular esa o‘z 
navbatida oldindan o‘rganilgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va 


44 
kompetensiyalarni ongli ravishda o‘zlashtirgan hamda anglagan bo‘lishini talab 
etadi. Aks holda biz ham, ta’lim oluvchi ham ko‘zlangan maqsadga erisha 
olmaymiz. Chunki, ta’lim oluvchi tomonidan o‘rganilgan yoki o‘rganilayotgan 
biror mavzu yoki fanni o‘zlashtirishda uni yaxshi bilib olishni o‘zi yetarli bo‘la 
olmaydi. Negaki, oldindan egallangan bilimlar darajasi o‘z amaliy faoliyatida 
yoki yangi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonidagi amaliy vaziyatlarda namoyon 
bo‘ladi. 
Bunda ta’lim oluvchilar mustaqil ishlarini quyidagi qismlarga ajratish 
mumkin: 

Ma’ruza matnlarini o‘qish; 

O‘rganilayotgan mavzuga aloqador bo‘lgan turli o‘quv va ilmiy metodik 
adabiyotlarni o‘qish, undagi tushunchalarni tahlil qilish va shu asosida matn 
tuzish; 

Mazkur jarayonda alohida e’tiborni qaratish zarur bo‘lgan 
ma’lumotlarni o‘quv mashg‘ulotilikdan o‘qish; 

Olingan barcha ma’lumotlarni umumlashtirish va yakuniy xulosa 
chiqara olish va h.k. 
Ma’lumki, o‘quv mashg‘ulotilik ta’lim maqsadlariga erishish va uning 
samaradorligini oshirishda asosiy ta’lim vositasi hisoblanib, u ta’lim 
oluvchining mustaqil ta’lim olishida muhim o‘rin tutadi. Chunki, o‘quv 
mashg‘ulotilik – o‘rganilayotgan fan bo‘yicha dasturga asoslangan holda 
yaratilgan bo‘lib, u mazkur fan bo‘yicha butun materiallarni qisqartilgan holda 
bo‘lsa ham o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi va yetarli darajada o‘zlashtirilishi 
kerak bo‘lgan majburiy bilimlar hajmini belgilab beradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling