Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g
Muammoli bayon qilish metodi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
7.Matematika o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Qisman izlanish (Evrstik) metodi
- 5. O‘qitishning tadqiqot metodi.
3. Muammoli bayon qilish metodi. Bu metod yordamida ta’lim
jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi u yoki bu qoida aytish bilan chegaralanib qolmasdan, ovoz chiqargan holda mulohaza yuritib, ta’lim oluvchilar oldiga muammo qo‘yadi va uni hal qilish jarayonini ko‘rsatadi. Bunday tushuntirish ishonchliroq bo‘ladi va u ta’lim oluvchilar faolligini oshishiga olib keladi. Natijada ularning fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, bilish xarakteridagi mustaqil izlanishlarni olib borishga undaydi. 4. Qisman izlanish (Evrstik) metodi. Bu metod yordamida ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi ta’lim oluvchilar oldiga muammo qo‘yadi, o‘zi esa o‘quv materialini bayon etadi. Lekin mavzuni bayon qilish jarayonida u ta’lim oluvchilar oldiga savollar qo‘yib boradi. Bu qo‘yilgan savollar ulardan javoblarni izlash jarayoniga qo‘shilishni va natijada bilish xarakteridagi biror topshiriqni bajarishni talab etadi. Natijada ta’lim oluvchilarda mustaqil izlash, mustaqil izlanish kabi qobiliyatlar shakllanadi. Pirovardida ularda mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. 5. O‘qitishning tadqiqot metodi. Bu metod yordamida ta’lim jarayonini tashkil etishda ta’lim oluvchilar oldiga muammo qo‘yiladi. Ular qo‘yilgan muammoni tushunib olgandan so‘ng o‘zlari uni hal qilish rejasini tuzishadi, tekshirish usulini aniqlashadi, kuzatishlar olib borishadi. Tajribalarni to‘plashadi, olingan faktlarni taqqoslashadi, tasniflashadi, yig‘ilgan ma’lumotlarni umumlashtirishadi va yakuniy xulosalar chiqarishadi. Ko‘rinib turibdiki, bu metoddan foydalanishda mantiqiy fikrlash amallariga asoslanib ish olib boriladi. Ma’lumki, ta’lim jarayonini bunday tashkil etish ta’lim oluvchilarning mustaqil bilim olishini rag‘batlantirish bilan bir qatorda ularning fikrlash qobiliyatlarini yanada o‘sishiga olib keladi. O‘quv mashg‘uloti jarayonida muammolarni hal qilish yo‘li bilan ta’lim oluvchilarga yangi bilimlar berishda muammoli bayon qilish, qisman izlanish va tadqiqot metodlaridan birgalikda foydalanish taqozo etiladi. Ta’lim oluvchilar izlanish faoliyatlarining mustaqillik darajasi yuqoridagi metodlarda bir-biridan ajralgan holda namoyon bo‘ladi. 54 Masalan. Tadqiqot metodi yordamida o‘quv mashg‘uloti jarayonini yoki ta’lim oluvchilar mustaqil ta’limini tashkil etishda ularning mustaqillik darajasi eng yuqori darajasiga erishadi. Bunda ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatlari o‘z xarakteriga va bosqichlariga ko‘ra ilmiy-tadqiqot ishlariga yaqinlashib boradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling