39
BMI mavzulari mutaxassislik kafedrasi tomonidan har bir o‘quv yilida
yangidan ishlab chiqiladi va fakultet Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Mavzularni ishlab chiqishda quyidagilar hisobga olinishi talab etiladi:
1
. Pedagogika va maxsus mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
muammolarini hozirgi kundagi holati.
2. Umumiy o‘rta ta’lim va akademik litseylar matematika kursi bo‘yicha
o‘qitiladigan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘qitish metodikasini ishlab chiqish.
3. Oliy o‘quv yurti sohasiga doir texnika va soha rivojlanishiga doir
istiqbolli yo‘nalishi.
BMI mavzusi qisqa va aniq bo‘lib, odatda 12 ta so‘zdan oshmasligi kerak.
BMI mazmuni
BMI mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Sarvaraq
2. BMI ni bajarish uchun topshiriq (ilmiy rahbar tomonidan beriladi)
3. Davlat, ingliz va rus tilida yozilgan annotasiya
4. Mundarija
5. Kirish
6. Tushuntirish xatining asosiy qismi.
7. Xulosa
8. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
9. Ilovalar
10. Ilmiy rahbar xulosasi va taqirizchilar (ichki va tashqi) mulohazalari.
Endi yuqoridagilarning har biriga alohida to‘xtalib o‘taylik.
Annotasiya. Uning hajmi 1-2 betdan oshmasligi talab etilib,
bunda
quyidagilar o‘z aksni topishi talab etiladi:
BMIning qisqacha tasnifi;
bajarilgan ilmiy tadqiqot ishining qisqacha mazmuni;
Tadqiqot davomida olingan natija.
40
Kirish qismi. Bunda o‘rta maxsus, umumiy o‘rta ta’lim ta’limini isloh
qilish va rivojlantirishning dolzarb muammolari, bu muammolarni hal etishning
maqsadi, vazifalari va
amaliy ahamiyati aks ettirilib, uning hajmi 2-3 betdan
iborat bo‘lishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: