Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g


Tanlangan mavzu bo‘yicha testlar, muammoli misol va masalalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/88
Sana20.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1788385
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   88
Bog'liq
7.Matematika o\'qitish metodikasi

4.6. Tanlangan mavzu bo‘yicha testlar, muammoli misol va masalalar,
savollar hamda topshiriqlar tayyorlash 
Bunda professor-o‘qituvchi tomonidan ta’lim oluvchiga mavzu bo‘yicha 
testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo‘lgan misollar, masalalar va muammoli 
savollar tuzish vazifasi topshiriladi. 
Eslatma. Professor-o‘qituvchi tomonidan ta’lim oluvchiga testga 
qo‘yiladigan talablar, uni tuzish tartib-qoidalari, undan ko‘zlangan maqsad, 
muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali jihatlarini qanday ajratish 
lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo‘yicha ko‘rsatmalar berilishi 
maqsadga muvofiq.
4.7. Referat tayyorlash 
Referat - ta’lim oluvchilar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biri 
hisoblanib, referat mavzusini tanlash, unda yoritiladigan masalalar mazmunini 
oldindan rejalashtirish, referatni tayyorlash va muhokama qilishning barcha 
bosqichlarida 
professor-o‘qituvchilarning 
tashkiliy-uslubiy yordami va 
maslahati muhim o‘rin tutadi.
Referat ta’lim oluvchilar ilmiy-tadqiqot ishlarining bir ko‘rinishi 
hisoblanib, ularda: 

mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish; 

shu orqali ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish

ilmiy adabiyotlar bilan ishlash malakalarini shakllantirish; 

 zarur o‘quv materiallarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish 
ko‘nikmalarini shakllantirish; 


34 

o‘rganilayotgan obe’ktni tanqidiy baholashni o‘rgangan holda olgan 
nazariy bilimlarni kundalik kasbiy faoliyati hamda hayoti bilan bog‘lash 
ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
Eslatma. Har o‘quv fani bo‘yicha Referat mavzulari professor-
o‘qituvchilar tomonidan tuzib chiqilishi va tegishli kafedra yig‘ilishida 
tasdiqlanishi maqsadga muvofiq. 
Eslatma: Topshiriq ta’lim oluvchilarning referat yozish ko‘nikmalarini, 
ilmiy qiziqishlari va bilim darajasini hisobga olgan holda berilishi zarur. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling