Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g


O‘quv adabiyotlarni tahlil qilish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/88
Sana20.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1788385
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88
Bog'liq
7.Matematika o\'qitish metodikasi

4.2. O‘quv adabiyotlarni tahlil qilish 
Bunda 
qaralayotgan 
o‘quv 
adabiyotida 
nima 
haqida 
fikr 
yuritilayotganligiga asosiy e’tiborni qaratish talab etiladi. Ayniqsa, kasbiy 
sohaga oid va o‘rganilayotgan muammoga bevosita aloqador bo‘lgan 
masalalarga ta’lim oluvchilar e’tiborni qaratish va ularni ajrata olishga o‘rgatish 
muhimdir. 
O‘quv adabiyotini tahlil etishni quyidagicha amalga oshirish maqsadga 
muvofiq: 
1. O‘quv adabiyotining annotasiyasi va kirish qismi bilan yaqindan 
tanishib chiqish kerak. Bunda: 

o‘quv adabiyotida nimaga e’tibor qaratilgan va u kimlar uchun 
mo‘ljallanganligini aniqlash; 

kirish qismini o‘qib chiqish orqali chuqur tahlil etish; 

o‘quv adabiyoti mundarijasi bilan tanishib chiqish; 
2. O‘quv adabiyoti mazmuni bilan dastlabki tanishib chiqish. 
3. O‘quv adabiyoti mazmuni bilan chuqur tanishib chiqish (bunda har 
bir mavzu bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni alohida daftarga qayd etib borish 
ko‘zlangan maqsadga erishishida va kelgusida bilimlarni takrorlashda muhim 
o‘rin tutadi). 
4.3. O‘quv adabiyotining biror mavzusi bo‘yicha konspekt tuzish 
Konspekt” so‘zi lotincha “sonspektus” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek 
tilida “ko‘rinarli”, “nuqtai-nazar”, “qarash” - degan ma’noni anglatib, 
kitob, maqola, ma’ruza kabilarning qisqacha yozib olingan mazmuni, bayoni
9

Demak, biror o‘quv adabiyoti yoki maqolani chuqurroq yoki boshqacha
nuqtai nazardan o‘rganish maqsadida undagi muhim elementlarni yozib 
olish – bu konspekt tuzish ekan.
Eslatma. Konspekt qisqa, ravon, to‘liq va aniq bo‘lishi ko‘zlangan 
maqsadga erishishda muhim hisoblanadi.
9
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2-жилд, 2006 йил, б.401


31 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling