Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g
Izoh. Odatda ajratib taqdim etilgan tushunchalardan birini o‘qituvchi namuna sifatida bajarib ko‘rsatishi maqsadga muvofiq
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
7.Matematika o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ish
Izoh. Odatda ajratib taqdim etilgan tushunchalardan birini o‘qituvchi
namuna sifatida bajarib ko‘rsatishi maqsadga muvofiq. 3. TA’LIM OLUVCHILAR MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH SHAKLLARI, MAZMUNI VA TURLARI 3.1. Mustaqil ishlarni tashkil etish shakllari Ta’lim oluvchilar mustaqil ishlarini tashkil etish ularda metodik, pedagogik, psixologik bilim, malaka va ko‘nikmalar hamda shaxsiy dunyoqarash, ijtimoiy faollik, shuningdek, ular mustaqil fikrlashini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini o‘z ichiga oladi. Ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mazkur fan o‘quv rejasi va fanlar dasturlarida ko‘zda tutilgan kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni yetarli darajada, kam vaqt va kuch sarflagan holda egalashlarini ta’minlaydi. Pirovardida, ta’lim jarayonini takomillashtirish, hamda ta’lim oluvchilarda ijodiy fikrlash, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari oshadi. Bunda Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, murakkablik darajasi mazkur yo‘nalish bo‘yicha ta’lim oluvchilarda ko‘nikmalar hosil bo‘lishini oshib borishidan kelib chiqqan holda o‘zgartirib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. O‘quv rejasida belgilangan fanlari bo‘yicha ta’lim oluvchilar mustaqil ishlarini tashkil etishda ularning akademik o‘zlashtirish darajasi va shaxsiy 22 qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish maqsadga muvofiq: fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash; seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib borish; o‘rganilayotgan fanning eng dolzarb muammolarini qamrab oluvchi referatlar yozish; laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish; hisoblashga doir va grafik ishlarini bajarish; ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy mavzularda bo‘lib o‘tadigan ilmiy, amaliy konferensiya, seminar mashg‘ulotlar va davra suhbatlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularda qatnashish; turli jamg‘armalar tomonidan tashkil qilingan tanlovlarda ishtirok etish; o‘rganilayotgan fan bo‘yicha mavjud asosiy ilmiy adabiyotlarga annotatsiya yozish va boshqalar. bahs-munozarali savol va topshiriqlarga tayyorgarlik ko‘rish; ilmiy-metodik to‘garaklarda ishtirok etish; ko‘rgazmali qurollar tayyorlash; ilmiy-metodik maqola, tezislar va ma’ruza matnlarini tayyorlash; ko‘rgazmali vositalar tayyorlash; kurs ishi (loyihalari)ni bajarish; “ta’lim oluvchi-o‘qituvchi-kutubxona” kunida fan bo‘yicha yangi o‘quv adabiyotlari sharhini o‘qituvchi bilan hamkorlikda tayyorlash; axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish; belgilangan mavzular bo‘yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida taqdimot materiallari tayyorlash; fakultativlar va maxsus seminarlar ishlarida ishtirok etish; 23 o‘rganilayotgan fan bo‘yicha yangi o‘quv adabiyotlari bilan tanishib chiqish va o‘qituvchi bilan hamkorlikda uning sharhini tayyorlash; ta’lim oluvchilar turar joyidagi “Ma’naviyat-ma’rifat” xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil bilim olish jarayonlarida ishtirok etish va h.k. Mustaqil ishning barcha shakllarini ilg‘or ta’lim texnologiyalari asosida tashkil qilishga tizimli yondashish muhim hisoblanib, bunda quyidagilarga amal qilish talab etiladi: uning barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish; mustaqil ishni bajarilish sifati ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish; nazorat qilish mexanizmini yaratish va takomillashtirib borish; mustaqil ish nima maqsadda berilayotganligi (yangi bilimlarni o‘zlashtirish, mustahkamlash, ijodiy faollikni oshirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va h. k.) asoslanishi; bajariladigan vazifa, topshiriqlarning aniq ravshan belgilanishi; ta’lim oluvchilarning topshiriqlarni bajarish algoritmi va zamonaviy ta’lim texnologiyasi usullaridan yetarli darajada xabardor bo‘lishi; maslahat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, muammoli holatlarni birgalikda hal qilish va h. k.); hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash; nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, maslahat yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt, ma’ruza yoki referat matni, bajarilgan topshiriqlar, uy vazifasi daftari, nazorat ishlari, ko‘rgazmali jihozlar, ijodiy ishlar, bajarilgan ish mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va h. k.) talablarini bajarish zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling