Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g


Masalan. “Matematika o‘qitish metodikasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/88
Sana20.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1788385
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   88
Bog'liq
7.Matematika o\'qitish metodikasi

Masalan. “Matematika o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha Referat
ishlarini tayyorlash metodikasini ko‘rib chiqaylik.
Dastlab tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlar tahlil qilinadi va shu
asosda tanlangan mavzuda ilgari surilgan muammoni hal etish bo‘yicha 
vazifalar belgilab olinadi. 
Referatda ilgari surilgan muammoni hal etishga har bir ta’lim oluvchining 
o‘zini to‘g‘ri jalb eta olish – ta’lim jarayonini takomillashtirish, ya’ni ularni har 
tomonlama faollashtirish, mustaqil bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarni oshirish,
zamonaviy ta’lim metodlari, vositalari va shakllaridan foydalanish 
imkoniyatlarini oshiradi. Bunga erishishining eng maqbul yo‘llaridan biri 
mustaqil o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan o‘quv materialini bayon etishning
muammoli qilib tuzishga erishishdir. Chunki, bunday sharoitda har bir 
ta’lim oluvchi ongida muammoli vaziyat yoki muammoli masalalar, ilmiy
izlanishni eslatuvchi vazifalar shakllanadi. Natijada, har bir ta’lim oluvchining 
o‘zi qo‘yilgan savolga javob topishga va belgilangan muammoni hal qilishga
intiladi.
Odatda, referat tayyorlash jarayonida quyidagi holatlarda muammoli
vaziyatlar va muammoli masalalar yuzaga kelishi mumkin: 
1. Berilgan ma’lumotlar bo‘yicha masala yechimlarini topish uchun
mustaqil izlanish jarayonida.


35 
Masalan. Isbotlash usullarini, masala yechimning turli usulda
topishga intilish, tegishli xulosalar chiqarish, ta’riflarni ifodalash kabi 
jarayonlarda muammoli vaziyatlar, muammoli masalalar yuzaga keladi
2. Mavhum mazmunning muayyan tasavvurlar bilan bog‘lanishi
asosida. 
Masalan. Berilgan chizma yoki rejaga qarab o‘sha ob’ekt to‘g‘risida 
tasavvurlarni ko‘z oldiga keltirish jarayonida yuzaga keladigan muammoli 
vaziyatlar, muammoli masalalar. 
3. Mavjud bilimlarni ta’lim oluvchilar shaxsiy tajribasi va amaliy
ishlari bilan bog‘lash jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar va 
muammoli masalalar.
Masalan. Pedagogik amaliyot jarayonida o‘quv mashg‘ulotini tashkil 
etishda yoki pedagogik eksperiment o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan 
muammoli vaziyatlar muammoli masalalardir.
Referatni tayyorlash jarayonidagi bunday holatlar: 

ta’lim oluvchilarning fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni 
rag‘batlantiradi; 

mustaqil bilim olish malakalarini rivojlanishiga olib keladi; 

ta’lim oluvchining yangi bilimlarni o‘rganish jarayonidagi o‘ziga 
bo‘lgan ishonchni oshiradi; 

pirovardida ularni kelgusida malakali, izlanuvchan kasb egasi bo‘lib 
yetishishiga xizmat qiladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling