Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/88
Sana20.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1788385
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88
Bog'liq
7.Matematika o\'qitish metodikasi

4.8. Kurs ishi 
Kurs ishi – ma’lum predmetni o‘rganish davrida uni chuqur o‘rganish 
maqsadida tashkil etilgan laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish jarayonida 
shakllangan bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun xizmat 
qiladigan ilmiy-metodik ish hisoblanadi. 
Kurs ishining mazmuni mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘rganilgan nazariy va 
amaliy bilimlarni o‘z ichiga qamrab olishi kerak. Bunda bajariladigan topshiriq 


36 
shunday tuzilgan bo‘lishi kerakki, natijada ta’lim oluvchi oliy o‘quv yurtida 
o‘rgangan nazariy bilimlari bilan cheklanib qolmasdan, qo‘shimcha ilmiy-
metodik adabiyotlarga, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta-maxsus va kasb-hunar ta’limi 
tizimining amaliy ish tajribalarini chuqur o‘rganishga zaruriy ehtiyoj sezsin. 
Bular ko‘zlangan maqsadga erishishda muhim o‘rin tutadi. 
Kurs ishi 2 ta qismdan iborat bo‘ladi. 
 
I. Metodik qism 
Bu qismda berilgan mavzu bo‘yicha (bunda mavzu 6-8 soatlik o‘quv 
materialini o‘z ichiga olishi maqsadga muvofiqdir) quyidagi ishlar amalga 
oshiriladi: 
1. Tanlangan mavzuning o‘quv predmetida tutgan o‘rni. 
2. Mavzu mazmunining metodik tahlili. 
3. Ushbu mavzuni o‘rganish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
qiyinchiliklar tavsifi. 
4. Tanlangan mavzuga mos ob’ektni tanlash (Masalan: KHT muassasasi 
tayyorlaydigan “kichik mutaxassis” yo‘nalishi). 
5. Ushbu mavzuni o‘rganishda qo‘llaniladigan o‘qitish metodlari va 
shakllari (tanlangan har bir o‘qitish metodi va shakli asoslab berilishi maqsadga 
muvofiq). 
6. Ushbu mavzuni o‘rganish jarayonida foydalaniladigan o‘quv 
mashg‘ulotilik, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, ta’limning texnik va 
ko‘rgazmali vositalari. 
7. Ushbu mavzuning boshqa mavzular va o‘quv predmetlari bilan 
aloqasi. 
8. Mavzuning 
o‘quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish 
imkoniyatlari va h.k. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling