36
shunday tuzilgan bo‘lishi kerakki, natijada ta’lim oluvchi oliy o‘quv
yurtida
o‘rgangan nazariy bilimlari bilan cheklanib qolmasdan, qo‘shimcha
ilmiy-
metodik adabiyotlarga, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta-maxsus va kasb-hunar ta’limi
tizimining amaliy ish tajribalarini chuqur o‘rganishga zaruriy ehtiyoj sezsin.
Bular ko‘zlangan maqsadga erishishda muhim o‘rin tutadi.
Kurs ishi 2 ta qismdan iborat bo‘ladi.
I. Metodik qism
Bu qismda berilgan mavzu bo‘yicha (bunda mavzu 6-8 soatlik o‘quv
materialini o‘z ichiga olishi maqsadga muvofiqdir) quyidagi ishlar amalga
oshiriladi:
1. Tanlangan mavzuning o‘quv predmetida tutgan o‘rni.
2. Mavzu mazmunining metodik tahlili.
3. Ushbu mavzuni o‘rganish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
qiyinchiliklar tavsifi.
4. Tanlangan mavzuga mos ob’ektni tanlash (Masalan: KHT muassasasi
tayyorlaydigan “kichik mutaxassis” yo‘nalishi).
5. Ushbu mavzuni o‘rganishda qo‘llaniladigan o‘qitish
metodlari va
shakllari (tanlangan har bir o‘qitish metodi va shakli asoslab berilishi maqsadga
muvofiq).
6. Ushbu mavzuni o‘rganish jarayonida foydalaniladigan o‘quv
mashg‘ulotilik, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, ta’limning texnik va
ko‘rgazmali vositalari.
7. Ushbu mavzuning boshqa mavzular va o‘quv
predmetlari bilan
aloqasi.
8. Mavzuning
o‘quvchilarda mantiqiy
tafakkurni rivojlantirish
imkoniyatlari va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: