Konspekt tuzishda: o‘rganilayotgan maqola, ma’ruza yoki o‘quv
adabiyoti birinchi marta o‘qib chiqilganda u haqida umumiy tasavvurlar
shakllanadi (agar diqqat qilib o‘qib chiqilsa). Ikkinchi o‘qib chiqishda esa
uning asosiy mazmuni to‘g‘risida yetarli darajada tasavvur hosil bo‘ladi. Ana
shu holatda konspekt tuzish (eng kerakli joylarni oqqa tushirish) samarali
bo‘ladi.
Eslatma. Konspekt tuzish jarayonida maqola, ma’ruza yoki o‘quv
adabiyotida tushunish qiyin bo‘lgan so‘zlar uchrasa, ularni lug‘atlarga murojaat
qilgan holda o‘z vaqtida ma’nosini tushunib yetish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Konspekt tuzishdan oldin kerak bo‘lgan maqola yoki o‘quv adabiyotiga
bibliografik tavsiflar tayyorlash muhim hisoblanib, u quyidagicha amalga
oshiriladi:
1. Maqola bibliografik tavsifi: Mualliflar haqida ma’lumotlar. Asosiy
sarlavha. - Nashr etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar // maqola qaerda
chop etilgan.: Yili, Jurnal nomeri yoki ilmiy to‘plam nomi, betlari.
Masalan: a) jurnaldagi maqola – M.Barakaev, A.Rizaev. Matematika
o‘quv mashg‘ulotilarida muammoli vaziyatlar – chuqur bilim olish omili
sifatida. //Andijon, j.“Ilmiy xabarnoma”, 2016, №1-son. b.97-101
b) ilmiy to‘plamdagi maqola: Barakaev M., Mashkurov A. Shaxs
tafakkurini rivojlantirishda amaliy mazmundagi masalani o‘rni.// “Nonlitar
analysis and applications” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
tezizlari to‘plami, Samarqand, 2016, b.167-169.
2. O‘quv adabiyoti bibliografik tavsifi. Mualliflar haqida
ma’lumotlar. Kitob nomi/ Muharrirlar to‘g‘risida ma’lumot. - Nashr etilgan
joy.: Nashriyot, nashr etilgan yili, Betlarining soni.
Masalan: Tojiev M., Barakaev M., Xurramov A. Matematika o‘qitish
metodika// O‘quv qo‘llanma. – T.: “Fan va texnologiya” nashiryoti, 2017, 384
bet.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |