Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g


Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/88
Sana20.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1788385
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   88
Bog'liq
7.Matematika o\'qitish metodikasi

4.4. Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash 
Ta’lim oluvchiga biron-bir mavzu bo‘yicha (mavzuni ta’lim oluvchining 
o‘zi ham tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash 
topshirilishi mumkin. Bunda ta’lim oluvchi o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot 
ishlari, dissertasiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshka axborot 
manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‘playdi. 
Ta’lim oluvchilarning ilmiy-nazariy anjumanlari ham ta’lim oluvchilar 
mustaqil ishlarining shakllaridan biri hisoblanib, professor-o‘qituvchilar ta’lim 
oluvchilar ilmiy-nazariy anjumanini tashkil etishda ularning kasbiy 
yo‘naltirilganligini, qiziqishlarini hisobga olib, tabaqalashtirilgan holda tashkil 
etishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki, bu ta’lim oluvchilarning 
anjumanni o‘tkazishda faol ishtirok etishini ta’minlashga xizmat qiladi (ta’lim 
oluvchilarning ilmiy-nazariy anjumanlarini bosqichma-bosqich o‘tkazish 
maqsadga muvofiqdir).
“Matematika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha 
ta’lim oluvchilarning ilmiy-nazariy anjumanlarini quyidagi bosqichlarda 
amalga oshirish maqsadga muvofiq: 
1-bosqich – Mazkur fan o‘qitilayotgan barcha o‘quv guruhlarida 
anjumanni o‘tkazish; 
2-bosqich - har bir guruhda ta’lim oluvchilar tomonidan anjumanda qilgan 
eng yaxshi ma’ruzalarni fakultet va fakultetlararo anjumanga taqdim etish va 
o‘tkazish; 
3-bosqich – fakultetlararo anjumanda tanlab olingan eng yaxshi 
ma’ruzalarni institut ilmiy-nazariy ajumaniga taqdim etish. 
4.5. Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash 
Ta’lim oluvchini muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirish 
uchun yordam beradigan ko‘rgazmali materiallarni o‘zini mustaqil holda 
tayyorlashga o‘rgatish ham muhim hisoblanadi. Bunda mavzu o‘qituvchi 
tomonidan aniqlanib, ta’lim oluvchiga ma’lum ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar 


33 
beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni ta’lim oluvchi 
tomonidan mustaqil tanlanadi.
Eslatma. Bir mavzu bo‘yicha bir necha ta’lim oluvchi yoki ta’lim 
oluvchilar guruhi ko‘rgazmali qurollarni birgalikda tayyorlashi mumkin.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling