Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g
Masalan. “Matematika o‘qitish metodikasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
7.Matematika o\'qitish metodikasi
Masalan. “Matematika o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha Referat
ishlarini tayyorlash metodikasini ko‘rib chiqaylik. Dastlab tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlar tahlil qilinadi va shu asosda tanlangan mavzuda ilgari surilgan muammoni hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olinadi. Referatda ilgari surilgan muammoni hal etishga har bir ta’lim oluvchining o‘zini to‘g‘ri jalb eta olish – ta’lim jarayonini takomillashtirish, ya’ni ularni har tomonlama faollashtirish, mustaqil bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarni oshirish, zamonaviy ta’lim metodlari, vositalari va shakllaridan foydalanish imkoniyatlarini oshiradi. Bunga erishishining eng maqbul yo‘llaridan biri mustaqil o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan o‘quv materialini bayon etishning muammoli qilib tuzishga erishishdir. Chunki, bunday sharoitda har bir ta’lim oluvchi ongida muammoli vaziyat yoki muammoli masalalar, ilmiy izlanishni eslatuvchi vazifalar shakllanadi. Natijada, har bir ta’lim oluvchining o‘zi qo‘yilgan savolga javob topishga va belgilangan muammoni hal qilishga intiladi. Odatda, referat tayyorlash jarayonida quyidagi holatlarda muammoli vaziyatlar va muammoli masalalar yuzaga kelishi mumkin: 1. Berilgan ma’lumotlar bo‘yicha masala yechimlarini topish uchun mustaqil izlanish jarayonida. 35 Masalan. Isbotlash usullarini, masala yechimning turli usulda topishga intilish, tegishli xulosalar chiqarish, ta’riflarni ifodalash kabi jarayonlarda muammoli vaziyatlar, muammoli masalalar yuzaga keladi. 2. Mavhum mazmunning muayyan tasavvurlar bilan bog‘lanishi asosida. Masalan. Berilgan chizma yoki rejaga qarab o‘sha ob’ekt to‘g‘risida tasavvurlarni ko‘z oldiga keltirish jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar, muammoli masalalar. 3. Mavjud bilimlarni ta’lim oluvchilar shaxsiy tajribasi va amaliy ishlari bilan bog‘lash jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar va muammoli masalalar. Masalan. Pedagogik amaliyot jarayonida o‘quv mashg‘ulotini tashkil etishda yoki pedagogik eksperiment o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar muammoli masalalardir. Referatni tayyorlash jarayonidagi bunday holatlar: ta’lim oluvchilarning fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni rag‘batlantiradi; mustaqil bilim olish malakalarini rivojlanishiga olib keladi; ta’lim oluvchining yangi bilimlarni o‘rganish jarayonidagi o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi; pirovardida ularni kelgusida malakali, izlanuvchan kasb egasi bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling