4.2. O‘quv adabiyotlarni tahlil qilish
Bunda
qaralayotgan
o‘quv
adabiyotida
nima
haqida
fikr
yuritilayotganligiga asosiy e’tiborni qaratish talab etiladi. Ayniqsa, kasbiy
sohaga oid va o‘rganilayotgan muammoga bevosita aloqador bo‘lgan
masalalarga ta’lim oluvchilar e’tiborni qaratish va ularni ajrata olishga o‘rgatish
muhimdir.
O‘quv adabiyotini tahlil etishni quyidagicha amalga oshirish maqsadga
muvofiq:
1. O‘quv adabiyotining annotasiyasi va kirish qismi bilan yaqindan
tanishib chiqish kerak. Bunda:
o‘quv adabiyotida nimaga e’tibor qaratilgan va u kimlar uchun
mo‘ljallanganligini aniqlash;
kirish qismini o‘qib chiqish orqali chuqur tahlil etish;
o‘quv adabiyoti mundarijasi bilan tanishib chiqish;
2. O‘quv adabiyoti mazmuni bilan dastlabki tanishib chiqish.
3. O‘quv adabiyoti mazmuni bilan chuqur tanishib chiqish (bunda har
bir mavzu bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni alohida daftarga qayd etib borish
ko‘zlangan maqsadga erishishida va kelgusida bilimlarni takrorlashda muhim
o‘rin tutadi).
4.3. O‘quv adabiyotining biror mavzusi bo‘yicha konspekt tuzish
“Konspekt” so‘zi lotincha “sonspektus” so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek
tilida “ko‘rinarli”, “nuqtai-nazar”, “qarash” - degan ma’noni anglatib,
kitob, maqola, ma’ruza kabilarning qisqacha yozib olingan mazmuni, bayoni
9
.
Demak, biror o‘quv adabiyoti yoki maqolani chuqurroq yoki boshqacha
nuqtai nazardan o‘rganish maqsadida undagi muhim elementlarni yozib
olish – bu konspekt tuzish ekan.
Eslatma. Konspekt qisqa, ravon, to‘liq va aniq bo‘lishi ko‘zlangan
maqsadga erishishda muhim hisoblanadi.
9
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2-жилд, 2006 йил, б.401
31
Do'stlaringiz bilan baham: |