Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g
II. Kurs ishini bevosita bajarish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
7.Matematika o\'qitish metodikasi
II.
Kurs ishini bevosita bajarish Bunda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 37 1. Mavzu bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati tuziladi va ular tahlil qilib chiqiladi. Shu asosda hal qilinishi kerak bo‘lgan ilmiy-metodik muammo aniqlanadi va uni hal etishning taxminiy rejasi tuziladi. 2. Mazkur mavzu nazariy jihatdan o‘rganib chiqiladi (albatta fikrlar yozma bayon qilinadi) va uni metodik tomondan o‘quvchilarga yetkazishning hozirgi kundagi ahvoli o‘rganiladi. 3. O‘zining nazariy va amaliy tayyorgarligiga tayangan holda, hamda tajribali o‘qituvchilar ish tajribasini o‘rganish asosida ishning metodik ishlanmasi tayyorlanadi. 4. Metodik ishlanma tegishli ta’lim tizimda (o‘rta umum ta’lim maktabi yoki akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida), tajriba asosida tekshiriladi (mazkur metodik ishlanma asosida o‘quv mashg‘uloti tashkil etiladi) va ular tahlil qilinadi, erishilgan yutuqlar, kamchiliklar, qiyinchiliklar aniqlanadi. Ular umumlashtirilgan holda yakuniy xulosa chiqariladi. 5. Kurs ishini bajarish jarayonida ish rahbaridan, tajribali o‘qituvchilardan doimiy maslahatlar olib boriladi. Kurs ishini quyidagi tartibda A4 formatdagi yozuv qog‘ozida rasmiylashtiriladi: 1. Sarvaraq (1 varaq) 2. Ishni rejasi (1-2 varaq) 3. Kirish (ishning mazmuni qisqa va lo‘nda qilib bayon qilinadi). Ishning mazmuni qismida o‘quv mashg‘ulotilarning reja-konspektlari to‘liq keltiriladi(2-3 varaq) 4. Umumiy qism (4-8 varaq) 5. Asosiy qism (10-12 varaq) 6. Xulosa (1-5 varaq) 7. Ilova 8. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 38 Kurs ishi tayyor bo‘lgandan keyin (uning hajmi 30-35 betdan iborat bo‘ladi) u 5-10 ta ta’lim oluvchi, ilmiy rahbar va tegishli kafedraning kamida ikkita professor-o‘qituvchisi ishtirokida himoya qilinadi. Kurs ishi natijasi sinov bilan xarakterlanadi. Unga qo‘yilgan baho nazariy bilimlarga qo‘yilgan baholar bilan teng bo‘ladi va ta’lim oluvchilarning umumiy o‘zlashtirish natijalarida hisobga olinadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan bosqichlar bo‘yicha ta’lim oluvchilarning bajargan ishlari Nizom talablari asosida baholanib boriladi. Bunda o‘qituvchi: Kurs ishi mavzusi mazmunini yetarli darajada ochib berilishiga; keltirilgan fikr-mulohazalarning egallangan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar bilim yordamida asoslab berilganligi; asoslab berilgan materiallalarning yangilik darajasi; olingan materiallarning tahlil qilinish holati; chiqarligan hulosalarning dolzarblik darajasi; berilayotgan tavsiyalarning qay darajada ahamiyatga ega ekanligiga e’tiborni qaratishi kerak. Eslatma. Mustaqil ta’limni samarali va sifatli bo‘lishi: ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatini vaqt jihatdan to‘g‘ri rejalashtirilishi (vaqt buyujetini to‘g‘ri taqsimlanishi), hamda har bir ta’lim yo‘nalishining O‘quv rejasiga mos holda ishlab chiqilishi va zamonaviy pedagogik, innovasion hamda axborot texnologiyalaridan samarali foydalangan holda tashkil etishni talab etadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling