Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g
o‘qish” tushunchalaridan unga sinonimlar sifatida foydalanilmoqda. Mustaqil ta’lim
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
7.Matematika o\'qitish metodikasi
o‘qish” tushunchalaridan unga sinonimlar sifatida foydalanilmoqda.
Mustaqil ta’lim – insonning o‘z tanlagan vositalar va adabiyotlar yordamida avlodlar tajribasini, fan va texnika yutuqlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan shaxsiy harakatlari jarayoni 8 . Hozirgi kunda xoh umumiy o‘rta ta’lim, xoh oliy ta’lim tizimi bo‘lsin, unda axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan bir sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat o‘quv mashg‘ulotlari paytida yetkazish imkoniyatlari pasayib bormoqda. Shuning uchun ham mustaqil ta’lim olishni oldindan rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart- 7 Ходжаев Б. Ўқувчиларнинг мустақил фикрлашини шакллантириш йўллари. - т.:, Низомий номидаги ТДПУ, 2008 й., б.27-28. 8 Педагогик атамалар луғати. – Т.: Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси “Фан” наширёти, 2008, б.84 18 sharoitlarni yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida o‘qitish bilan bir qatorda ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish o‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mustaqil ta’limni tashkil etishda ta’lim oluvchilar vaqt byujetini to‘g‘ri taqsimlash muhim o‘rin tutadi. Bunda har bir tegishli dekanat va kafedra zimmasiga javobgarlik yuklanadi. Chunki mustaqil ta’lim uchun oliy o‘quv yurtida mustaqil ishlarni ishlab chiqish tegishli kafedralar professor- o‘qituvchilari zimmasiga yuklatiladi va ulardan buni amalga oshirishda quyidagilarga amal qilish talab etiladi: Har bir mustaqil ishlarni rejalashtirishda ta’lim tamoyillariga qat’iy amal qilish, ayniqsa, izchillik va tizimlilik tamoyiliga; Mustaqil ishlarni rejalashtirishda har ta’lim oluvchining bilim darajasini hisobga olish, ya’ni birilgan topshiriqni ta’lim oluvchi mustaqil bajara olishi uchun uning oldindan egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalari yetarli bo‘lishi kerak. Aks holda ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi; Mustaqil ta’limni rejalashtirishda mutaxassislik fanlariga ajratiladigan o‘quv soati miqdorini mumkin qadar oshirish; Mustaqil ta’lim vaqt byujetini taqsimlash va uning sifatini nazorat qilish jadvalini tuzishda tegishli kafedralar bilan hamkorlikni to‘g‘ri tashkil etishga erishish; Mustaqil ta’lim uchun mo‘ljallangan topshiriqlarni bajarish va uni nazorat qilish uchun haftalik vaqt byujetidan ajratilgan vaqt miqdori 22 soatdan oshmasligiga erishish va h.k. Izlanishlar va uzoq yillik pedagogik tajriba shuni ko‘rsatadiki, ta’lim oluvchi mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Ularning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling