Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g


Ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirishda mustaqil


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/88
Sana20.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1788385
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   88
Bog'liq
7.Matematika o\'qitish metodikasi

2.2. Ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirishda mustaqil 
ishlardan foydalanish texnologiyasi 
Ta’lim oluvchi mustaqil ishi - muayyan fandan o‘quv dasturida 
belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini u tomonidan 
fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan 
tashqarida o‘zlashtirishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir. 
Mustaqil ishlar - ta’lim oluvchilardan yuqori darajadagi faollik,
ijodiylik, mustaqil tahlil qila olishlik, tashabbuskorlik talab qiladigan faoliyati 
bo‘lib, o‘ziga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlariga ega: 

ta’lim oluvchi mustaqil ishni bajarish usullarini o‘zi tanlaydi va 
oldindan belgilab olingan maqsadga erishishda ulardan foydalanadi; 

ta’lim oluvchi mustaqil ishni bajarish jarayonida o‘z-o‘zini boshqaradi 
va nazorat qiladi; 

o‘z-o‘zini boshqarish jarayonida o‘z faoliyatini o‘zi baholaydi; 

mustakil ish har doim qandaydir natija bilan tugallanadi. 
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad – kafedra professor-
o‘qituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida ta’lim oluvchilarni 
semestr davomida fanni uzluksiz o‘rganishini tashkil etish, olingan bilim va 
ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, kelgusidagi o‘quv mashg‘ulotlariga 
tayyorgarlik ko‘rish, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul 
qilishni shakllantirish hamda ushbu orqali raqobatbardosh kadrlarni 
tayyorlashga erishishdan iborat. 
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi
murakkablik darajasi mazkur yo‘nalish bo‘yicha ta’lim oluvchilarda 
ko‘nikmalar hosil bo‘lishini oshib borishidan kelib chiqqan holda o‘zgartirib 
boriladi.
Demak, professor-o‘qituvchilar ta’lim oluvchilarning topshiriqlarni 
bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ular tomonidan 


20 
topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshishga bo‘lgan intilishlarni 
shakllantira borishi talab etiladi. 
Pedagogik adabiyotlarda mustaqil ishlarning turlicha tasniflari o‘z 
aksini topgan bo‘lib, “bilish faoliyati xarakteri” tasnifi bo‘yicha mustaqil
ishlarni uchta turga ajratib qarash mumkin:

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling