Maydalash jarayonining umumiy qonuni


Download 254.28 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi254.28 Kb.
#1374483
Bog'liq
Maydalash jarayonining umumiy qonuni




Maydalash jarayonining umumiy qonuni


Maydalash nazariyasi ikkita gipotezadan iborat boiib: birinchisi donning «yuza» qismini maydalash 1867-yilda Rittinger tomonidan va ikkinchisi - «hajmli» maydalash gipotezasi 1874-yilda V.L. Kirpichev tomonidan taklif qilingan. Qattiq jismni maydalash natijasida u bir qancha mayda zarrachalarga ajralib, yangi yuzalar paydo bo‘ladi.
Maydalash - jismni bosib-yanchish, unga zarba berish, siqish, surish jarayonlari orqali amalga oshiriladi, bu holda jismda siqilish va surilish deformatsiyasi paydo bo‘ladi. Tashqi kuch ta’siri ostida jism taranglashadi, bu jismda mayda darslar paydo boiishiga olib kelib, yuz bergan buzilish (parchalanish) sababli, u yangi zarrachalarga aylanadi. Materialning mustahkamligini bartaraf qilishga, molekulalar orasidagi zanjirli bog‘lanishni parchalashga sarf bo‘lgan quvvat yangi yuza hosil bo‘lishiga, uning bir necha qismga bo'lishini, ishqalanishi natijasida maydalovchi uskunaning ishchi qismi barcha sarf bo‘lgan quwatlarni hisobga olgan holda R.A, Rebinder, quyidagi umumiy maydalash qonunini beradi:
K'V
A = A, . + i n i m A Sa
« u 2 E

bu yerda: A0 - maydalash uskunaning deformatsiyasi va uning


emirilishiga sarf bo‘lgan quvvat;
mu - maydalanish jarayonlarining soni; 5 - materialning jiddiy taranglashishi;
(o - l sm2 yangi yuzani hosil boMishi uchun sarflangan quvvat;
AS=Sb - So - maydalanish natijasida hosil bo‘lgan yangi yuza- ning hajmi;
a=Sb/So - materialning maydalanish darajasini hisoblash koef- fitsienti;
E - materialning egiluvchanlik moduli.
Maydalashjarayoni umumiy qonuniningtahlili shuniko‘rsatadiki, maydalash uchun sarf bo'layotgan quvvatni kamaytirish uchun quyidagi jarayonlarni amalga oshirish kerak:

  • parchalanayotgan zarrachaning deformatsiyalanish sonini ka- maytirish;

-zarrachani haddan tashqari maydalamasdan, maydalash darajasi
talabiga javob beradigan darajada bo‘lishiga erishish;

  • maydalovchi mashina ishchi qismlarining mustahkamligi va ularning emirilishini oshirish;

  • jismga maqsadga muvofiq GTI yordamida ta’sir etish natijasida donning mustahkamligini pasaytirib, 5 - maydalangan donning parchalanishini kamaytirib, uning egiluvchanlik modulining ahamiyatini orttirish. Un tortish jarayonida, avvalo, donlarni mayda bo‘lakchalarga bo‘lib, ulardan yorma-dunst mahsulotlari olish mak- simal darajada boisa, un olish jarayoni ikkinchi darajali hisoblanib, bu jarayon maydalashjarayoni deb ataladi. Maydalanish jarayonida hosil bo'igan yorma-dunstlarni saralab, ulardan yuqori sifatli yor- malarni ajratib olib, so‘ng ularni unga aylantirish jarayoni esa un tortish jarayoni deb ataladi.



Maydalash jarayonining asosiy vazifalari


Maydalash jarayoni turli sohalarda keng qo‘llaniladi. Qattiq jismdan ma’lum yiriklikdagi to‘kiluvchan zarrachali material olish uchun turli usullar bilan maydalanadi.
Qattiq jismni maydalash ikki xil usulda amalga oshiriladi:

    1. oddiy maydalash usuli;

    2. tanlab olish usuli bilan maydalash.

Agar maydalanadigan mahsulotning kimyoviy tarkibi va uning qismlari bir xil mexanik tuzilishga ega bo‘lib, maydalanganda ma’lum yiriklikdagi bir xil to‘kiluvchan massa olinsa, bu oddiy maydalash usuli deb ataladi.
Donlarni tortishga tayyorlashda ularning anatomik va mexanik tuzilishini hisobga olish, bug‘doy va javdar donlariga gidrotermik ishlov berish natijasida ularning endosperm va qobiqlari bir biridan oson ajraladi. Turli navli un olishdan asosiy maqsad dondan endospermni maksimal darajada ajratib, qobig‘ini esa
maydalamasdan olishdir. Shuning uchun turli navli un olishda, tanlab olish va maydalash usuli qo'llaniladi.
Download 254.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling