Maydalash sxemasini tanlash va hisoblash. Maydalash bosqichlarining ko’rinishlari. Maydalashning o’ziga xos sxemalari


Download 38.73 Kb.
bet1/9
Sana14.10.2023
Hajmi38.73 Kb.
#1703454
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Maydalash jarayonlarini hisoblash.


Mavzu: Maydalash jarayonlarini hisoblash.
Reja:

  1. Maydalash sxemasini tanlash va hisoblash.

  2. Maydalash bosqichlarining ko’rinishlari.

  3. Maydalashning o’ziga xos sxemalari.

  4. Foydalanilgan adabiyotlar.



1.Maydalash sxemasini tanlash va hisoblash.
Ruda tayyorlash jarayonlari maydalash, elash va yanchish jarayonlarini o’z ichiga olib, rudani boyitilishga moyilligi, ishlatilishi mumkin bo’lgan dastgohlarning texnologik hususiyatlari, hamda xossalari va tarkibi jihatidan o’xshash rudani qayta ishlash tajribalari asosida tanlanadi. Fabrikaga berilayotgan mahsulotning yirikligi loyihaning kon qismi bo’yicha aniqlanadi, boyitishning birinchi operatsiyasiga kelib tushadigan mahsulotning yirikligi va boyitishning usuli boyitilishga o’tkaziladigan tadqiqotlar asosida o’rnatiladi. Rudaning fizik xususiyatlari: qattiqlik, granulometrik tarkib, namlik, loyning miqdori, maydalanuvchanlikni, elanuvchanlik, yanchiluvchanlik maydalash, elash, yanchish usullarini va bu operatsiyalarni bajarish uchun apparatlar turini belgilaydi. Sxemani tanlashga loyihalashning umumiy sharoitlari: rayonning iqlimiy sharoiti, korxonaning ishlab chiqarish unumdorligi, konni qazib olish usuli, fabrikaga rudani berish usuli va boshqalar tahsir qiladi. Bahzan, mayda mahsulotni ajratish va bo’lakli rudani alohida to’plashga to’g’ri keladi.
Loyihalovchiga tekshirilayotgan rudaga o’xshash rudani boyituvchi fabrikaning ekspluatatsiya ko’rsatkichlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Loyihada tekshirishdan o’tgan yechimlarni qo’llash qurilgan fabrikada tuzatilishi qiyin bo’lgan xatoliklarning oldini oladi. Ayrim texnologik bo’g’imlarni qayta qurish katta harajatlarni talab qiladi va korxonaning ishlab chiqarish quvvatini o’zlashtirishga vaqtni yo’qotadi.
Quyidagi sxemalarni asoslash va taxlil qilish maydalash uchun yuzli va konusli maydalagichlar, yanchish uchun esa barabanli tegirmonlarni ishlatish mumkin bo’lgan qattiq va o’rtacha qattiqlikdagi rudalar uchun keltiriladi.

Download 38.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling