Xulosa
Barcha iqtisodiy tizimlarda davlat va bozor tizimi ma'lum o'ringa ega bo'lib, har biri mustaqil amal qiladi. Shu bilan birga, dunyodagi turli xil iqtisodiy tizimlar bir biridan iqtisodiyotini boshqarish va tartibga solishda davlat hamda bozor rolining nisbati bo'yicha keskin farqlanadi. Masalan, bir iqtisodiy tizim ko'proq davlat tomonidan boshqarishga tayansa, boshqasi bozor mexanizmi orqali tartiblashga ustunlik beradi.
Har qanday baland marrani zabt etish uchun qiyin toʻsiqlardan oʻtish lozim boʻlganidek majburiy buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyoti tizimiga oʻtish ham oson ish emas. Nafaqat oʻtish balki otish uchun yini tanlash ham bir qiyin qiyomat. Davlatimiz Prezidenti I.A. Karimov aytganidek, “Mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli strategik maqsadni amalga oshirishning mantigʻi mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlangan va O`zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan tarkibiy oʻzgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini jadal rivojlantirish siyosatini 2011 yildagi asosiy ustuvor yo`nalish sifatida davom ettirishni taqozo etilmoqda. Shunday ekan iqtisodning umri yoki davlat iqtisodining umri shu davlatning umriga bogʻliqdir.
Ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi uning milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o'zini-o'zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo'lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo'lmaydigan vazifalarni o'z zimmasiga olishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste'molning xususiy tavsifi keltirib chiqaruvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi; iste'molchilarning manfaatlarini himoyalash; bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish, jumladan, aholining kam ta'minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g'amxo'rlik qilish, bepul bilim berish, tibbiy xizmat ko'rsatish va shu kabilarni o'z zimmasiga olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish vazifasini ham o'z zimmasiga olishi orqali izohlanadi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki respublikada bozor va bozor iqtisodiyotida olib borilayotgan barcha chora tadbirlar O’zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy jihatdan ta’minlash, uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro’-etiborli mamlakatga aylantirishga xizmat qiladi.
REJA:
KIRISH. ………………………………………………………….………………3
1. Bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishning maqsad va vazifalari ………….………………………………………….…………………5
2. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli.................10
3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va uning O‘zbektstondagi xususiyatlari.15
4. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, iqtisodiy islohotlarning jadallashuvi………………...……………………………………22
XULOSA…………………………………………………………....................27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI…………….................29
Do'stlaringiz bilan baham: |