Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Tabiiy geografiya fani qanday fanlar tizmiga bo‘lib o‘rganiladi?


Download 1.66 Mb.
bet6/69
Sana22.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1221304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
6.Tabiiy geografiya fani qanday fanlar tizmiga bo‘lib o‘rganiladi?
Tabiiy geografiya — Yerning geografik qobigʻi tabiiy tarkibi va uning strukturaviy qismlari: barcha darajadagi tabiiy hududiy majmualarini (shuningdek, suv havzalarini ham) oʻrganuvchi fan; tabiatshunoslik fanlarining muhim tarmoklaridan biri. Tabiiy geografik majmualarnkng makon va zamonda obyektiv mavjudligini eʼtirof etish tabiiy geografiyani eng muhim metodologik tamoyillaridan biri.
Geografik qobiqning murakkab tuzilishi va xususiyatlari uni har tomonlama tadHiq qilishni, yaʼni bir butun hamda alohida komponentlar boʻyicha ham va undagi kattakichik tabiiy geografik majmualar boʻyicha ham tadqiq qilishni taqozo etadi. Bu, oʻz navbatida, tabiiy geografiyaning tarmoqlanishiga olib keladi. Hozirgi kunda tabiiy geografiyaning quyidagi asosiy tarmoklari mavjud: umumiy yer bilimi, regional geografiya, landshaftshunoslik, paleogeografiya, xususiy geografiya (iqlimshunoslik, geomorfologiya, biogeografiya va h.k.).
Tarixi. Dastlabki geografik tasavvurlar yunon olimlari Fales (mil. av. 625—547-yillar), Anaksimandr (mil. av. 610—347-yillar), Miletlik Gekatey (mil. av. 546—480-yillar), Gerodot (mil. av. 486—425-yillar), Platon (mil. av. 427—347-yillar), Aristotel (mil. av. 384—322-yillar)ning tabiat falsafasi yoki tarixga oid asarlarida uchraydi. „Geografiya“ nomli birinchi ilmiy asar Eratosfen (276—194-yillar) tomonidan yaratilgan. Bu asar oʻz davrigacha toʻplangan geografik maʼlumotlarni tartib bilan taxlil qilishning eng dastlabki namunasi boʻlgan. Yunon olimlarining asarlarida hozirgi vaqtda ham mavjud boʻlgan matematik geogr., mamlakatshunoslik, rayonlashtirish va tasviriy geogr. kabi yoʻnalishlarga asos solingan edi. Geografik xaritalarning ilk namunalari ham ular tomonidan yaratilgan.
Ilm-fan, maʼrifat va madaniyat, shuningdek, Osiyoda, yaʼni gʻarbda Oʻrta dengiz boʻylaridan, sharqda Xitoy chegarasigacha, shimolida Orol dengizi kengliklaridan janubida Arabiston dengizi qirgʻoklarigacha boʻlgan hududlarni oʻz ichiga olgan Sharq olamida rivojlana boshladi. Bu davrda, ayniqsa, 9— 11-asrlarda fan va madaniyat tez surʼatlarda rivojlandi, yuzlab ilmfan namoyandalari, olimlar yetishib chiqdi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling