Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Olamning paydo bo‘lishi haqida gapirib bering
Download 1.66 Mb.
|
Olamning paydo bo‘lishi haqida gapirib bering.
Olamning paydo bo'lishi haqidagi tushunchalar qadimdan osmon jismlarini kuzatishlari oqibatida kelib chiqqan. Qadim osmon jismlari qachon va qanday paydo bo'lganligi jumboqligicha qolgan. Chunki o'sha davrda inson ongi olam sirlarini bilishga ojizlik qilgan. Ular Olamni ilohiy kuch - Xudo yaratganligiga ishongan. O'tmishda insonlar bu ilohiy qudratli kuch bajaradigan vazifasiga ko'ra birbiridan farqlanuvchi xudolarni yaratganlar: Yer xudosi Geya, Yer osti xudosi Pluton, Yer osti olov xudosi Vulkon, suv xudosi Neptun, shamol xudosi Eol kabilar. Islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlar yagona yaratuvchi Ollohdan boshqa xudo yo'qligiga ishonganlar. Hammaga ma’lumki, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlarning diniy va muqaddas kitoblarida olamning paydo bo'lishi haqida turli fikrlar qayd qilingan. Xususan, «Tavrot»da (yahudiylar) «Butun dunyoni xudo yaratgan. Bora-bora Quyosh so'nadi. Oy nur sochmaydi, yulduzlar osmondan uzilib tushadi» deyilgan. Qur'oni Karimda ko'rsati 1 ishicha Olloh o‘n sakkiz ming olamni bir haftada yaratgan: yakshanba va dushanba Yerni, seshanba togMarni, chorshanba suvni, o‘simliklarni, payshanba osmonni, jumladan yulduzlarni, shanba qolgan barcha boshqa jonzotlarni yaratgan. Qur’oni Karimda «Quyosh zulmat bilan qoplanadi, yulduzlar so'nadi, togMar o'z o ‘rnidan siljiydi va osmon ag'darilib tushadi» degan oyatlar mavjud. Olamning tuzilishi haqida ma’lumot bering. Olam - atrofimizni urab olgan bepoyon makon va zamonda yastanib yotgan borliq - moddiy dunyo. Olam - bu cheksiz va chegarasiz dunyodir. Uning na boshlanishi va na oxiri ma’lum emas. U hech qanday tabiiy chegaraga ega emas. Olam ko'zga ko'rinmas o'ta mayda zarrachalardan to teleskoplar yordamida ko'rish mumkin bo'lgan turli xil jismlardan tashkil topgan (3-rasm). Olamda yuz milliardlab galaktikalar, har bir galaktikada yuz milliardlab yulduzlar mavjud. Olamning galaktikalaridan biri hisoblangan biz yashab turgan Somon yo'li galaktikasi o'z navbatida Quyosh kabi 150 milliarddan ortiq yulduzlar va yulduzlararo fazodan iborat. Quyosh Somon yo'lidagi yulduzlardan biri hisoblanib, uning tizimida sayyoralar(planetalar), ularning yo'ldoshlari, asteroidlar, meteor va meteoritlar va kometalar mavjud. Quyosh tizimidagi sayyoralardan biri Yer hisoblanib, u Olamning o'ta noyob qurilmasidir. Yerning Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralardan ajratib turuvchi asosiy xususiyati unda litosfera, atmosfera, gidrosfera, biosfera kabi geografik qobiqlarning mavjudligidir. Yerda hozircha Olamning boshqa joy larida uchramagan tirik organizm, xususan inson mavjud Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling