Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Asteorid bilan kometalarning qanday farqi mavjud?


Download 1.66 Mb.
bet17/69
Sana22.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1221304
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69
Asteorid bilan kometalarning qanday farqi mavjud?
Meteorlar (grekcha «meteoros» - tepadagi, tepada turgan ma’nosini bildiradi). Kometa zarrachalarining Yer atmosferasining
qarshiligiga duch kelib, erib ketganlari meteorlar deb ataladi. Uncha
katta bo'lmagan qattiq jismlarni atmosferaga kosmik tezlikda kirib
kelishi natijasida atmosferada qisqa lahzali chaqnash ro'y beradi.
Zarralar, yoki, qattiq jismlar atmosferaga kirib kelganda harorat 2000-
3000°C gacha qizib ketadi. Natijada ularning yuzasi tez sur’atlar bilan
bug'lana boshlaydi. Atmosferaga kirib kelgan jismning hajmi qancha
katta bo'lsa, chaqnash shuncha kuchliroq va yorug'roq bo'ladi. Eng
yirik chaqnashlar olov sharga o'xshaydi, ular atmosferadan juda katta
shovqin bilan o ’tadi. Bunday chaqnashni Bolidlar deb atashadi.
Meteoritlar (grekcha «meteora»-koinot hodisasi). Kometa zarrachalarining Yer atmosferasining qarshiligiga duch kelib, havo
qarshiligini yengib, so'ngra erib ketishiga ulgurmay Yer yuzasiga
tushgani meteoritlar deb yuritiladi. Demak, meteoritlar meteorlarning
yonib ulgurmay Yerga tushgan qismi bo'lib, fazodan yer yuzasiga
tushadigan tosh yoki temir holdagi osmon jismlaridir. Ularning og'irligi bir necha grammdan bir necha tonnagacha bo'ladi. Meteoritlarning
Yerga tushishi juda katta chaqnash, shovqin bilan kuzatiladi. Bu paytda
osmonda uchib kelayotgan olovli shar ko'rinadi. Meteorit Yerga
urilganda yer yuzasida chuqurlar va xandaqlar hosil bo‘ladi. Olimlarning ma'lumotiga ko'ra ikki milliard yil davomida Yerga 100 ming
krater hosil qiluvchi yirik «meteorit yomg‘iri» tushganligi qayd qilingan.

Sayyoralaming paydo bo‘lishi haqida birinchi ilmiy gipoteza kim tomonidan ishlab chiqildi?
Asteroidlar - Quyosh tizimiga kiruvchi qattiq osmon jismlari
bo’lib, ularni kichik sayyoralar deyishadi. Asteroidlar Quyosh atrofida
sayyoralar aylangan tomonga qarab harakat qiladigan, m a’lum shaklga
ega bo’lmagan va qirrasimon qattiq jismlardir.
Olimlarning aniqlashicha, 40-60 ming, umumiy soni 140 ming
atrofida kichik sayyoralar yoki asteroidlar mavjud. Ular Mars va
Yupiter sayyoralarining oraligMda Yerdan taxminan 450 mln. km uzoqlikda joylashgan. Asteroidlarning vujudga kelishi aniq emas. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko'ra asteroidlar Mars va Yupiter oraligMdagi
Faeton sayyorasining bir necha million yillar ilgari kosmik halokati
tufayli portlashi natijasida uning parchalanib ketishidan vujudga kelgandir, degan g ’oyani olg'a surmoqdalar. Ba’zi olimlar esa sayyoralar
changsimon muhitdagi chang zarrachalarining o ‘zaro tortishish kuchi
ta‘sirida birlashishi va zichlanishi natijasida hosil boMgan, demoqdalar.Kometalar (grekcha kometos - uzun sochli ma’nosida) Quyosh
tizimidagi o ‘ziga xos osmon jismidir (5-rasm). Kepler ta’biri bilan
aytganda kometalar osmonda okeandagi baliq singari suzib yuradi.To'la shakllangan kometa qattiq jismdan iborat bo'lib. diametri bir
necha kilometr keladigan va ravshan ko'rinib turadiganyadrosi', tuman
pardasidan iborat bos hi (yadro ana shu bosh ichida joylashgan bo’ladi);
uzunligi bir necha 100 mln. km keladigan dumi bo'ladi.

I.Kant va P.S.Laplas gipotezalarning o‘xshashligi va farqlarini tushuntirib bering?


Quyosh, sayyoralarning va boshqa osmon jismlarining vujudga
kelishi haqidagi muammolar qadimdan olimlarni qiziqtirib kelgan.
Quyosh tizimidagi sayyoralarning hozirgi xususiyatlari ularning
uzoq davrlar mobaynida rivojlanishi mahsulidir. Hozirgi tasavvurlarga
binoan Quyosh tizimidagi Quyosh, sayyoralar va boshqa osmon
jismlari bundan 4.6 mlrd. yil avval chang va gaziardan tuzilgan bulutlar
yoki tumanlardan hosil boMgan." Fransuz faylasufi Rene Dekart
(1644 yili) birinchi boMib koinotdagi tumanliklar, y a ’ni gaz va
changlardan iborat boMgan bulutlarning quyunli harakati natijasida
uning markazida Quyosh, chekka atrofida esa sayyoralar, ularning
yoMdoshlari hosil boMgan, degan g'oyani ilgari surgan.
Mazkur bulutlar va tumanlar Galaktikaning tarmoqlaridan birida
aylanayotgan diskret muhit sifatida paydo boMgan. Gravitatsion siqilish
natijasida asta-sekin zichlashib disk (doira) shaklini olgan. Yanada
zichlashish ta ’sirida bulutlikning moddalari qiziy boshlagan va
markaziy qismidagi yuqori harorat yadro reaksiyalarini boshlanishiga
olib kelgan. Keyinchalik bulutlikning markaziy qismidan Quyosh
vujudga kelgan, qattiq moddalar uyumidan esa sayyoralar va
yoMdoshlar vujudga kelgan.
Bunday ilmiy qarash bundan 300 yil avval vujudga kelgan va
nebulyar (nebulyar-tuman) gipotezasi deb nom olgan. Mazkur gipoteza
dastlab Dekart tomonidan olg'a surilgan, ammo u Kant-Laplas kosmogoanik gipotezasi nomi bilan mashhur bo’ldi.


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling