Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Quyoshning ichki tuzilishi haqida ma’lumot bering
Download 1.66 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer quyosh sistemasidagi sayyora sifatida qanday xususiyatlarga ega
Quyoshning ichki tuzilishi haqida ma’lumot bering.
Quyoshning ichki tuzilishi. Quyoshning ichki tuzilishi qatlamsimon tuzilishiga ega. U yadro, issiqlikni nur orqali taralashi oblasti, konvektiv zona va Quyosh atmosferasi kabi qatlamlardan iborat. Yadro - Quyoshning markazi boMib. unda bosim va harorat juda yuqori, natijada doimo yadro reaksiyalari sodir bo'lib turadi. Yadro deyarli ko‘zga ko'rinmaydigan va harakatsiz o'ta yuqori haroratga ega boMgan gazlardan iborat. Yadroning ustki qismida issiqlikni nur orqali taralashi oblasti joylashgan. Mazkur qatlamda issiqlikni tashqi qobiqlarga uzati 1 ishi nur yordamida amalga oshiriladi, bunda gazlar harakatsiz qoladi. Mazkur jarayon quyidagicha sodir bo'ladi: yadrodan issiqlik nur oblastiga qisqa to'lqinli diapozonlarda keladi (gamma nur taratish), ketishda esa uzun toMqinli (rentgenli) diapozonlarda ketadi, bu esa tashqarida haroratni pastligi bilan bogMiq. Konvektiv oblast issiqlikni nur yordamida tashilish oblastining tepasida joylashgan. Mazkur oblast ham konvektiv holatdagi ko'zga ko‘rinmaydigan gazlardan iborat. Issiqlikning konvektiv harakati Quyoshning markazi va tashqarisida bosim va haroratning farqlari tufayli sodir boMadi. Quyosh atmosferasi. Quyosh atrofini o'rab olgan, qizigan gazlardan iborat boMgan qatlam Quyosh atmosferasi deb ataladi. U o‘z navbatida bir-biridan harorati va gazlaming holati jihatidan farqlanuvchi uch qatlamdan - fotosfera, xromosfera va Quyosh tojidan tashkil topgan. Yer quyosh sistemasidagi sayyora sifatida qanday xususiyatlarga ega? Yer Quyosh tizimidagi organik hayot mavjud boMgan sayyoradir. Yer Venera va Mars sayyoralari orasida joylashgan Quyosh tizimidagi uchinchi sayyora. U Quyoshdan 149,6 mln. km uzoqda joylashgan sharsimon jismdir. Bundan 24 asr avval Aristotel Yerni shar shaklida ekanligini birinchi boMib isbotlagan boMsa, vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy Martin Bexaymdan 500 yil avval, y a ’ni 995 yil birinchi boMib, Yer sharining (diametri besh metrli) globusni yaratganva Amerika qit’asining mavjudligini o 'n bir asr avval bashorat qilgan. IVlirzo Ulug'bek 550 yil muqaddam Quyosh, sayyoralarning fazodagi o'rni va harakat fazalarini hayratomuz katta aniqlikda hisoblab chiqqan. I.Nyuton 300 yil avval Yerning shakli va harakatining matematik ifodasini bergan. Lekin sayyoramiz haqida yuqorida qayd etilgan m a’lumotlar to'plangan boMishiga qaramay Yerning paydo boMishi va taraqqiyoti haqida ko'plab faraz va ta’limotlar mavjud boMsada, lekin hamma tan olgan yagona nazariya yo'q. Yerning paydo boMishi haqidagi dastlabki maMumot Dekart, Kant va Laplas g'oyalarida bayon etilgan (II-bob 2.4 boMimga qarang). 1747 yili fransuz olimi J.Byuffon sayyoralarni tashkil etgan moddalar nomaMum osmon jismi tomonidan Quyoshdan ajralib qolgan boMishi kerak, deb taxmin qiladi. 1916 yilda ingliz olimi Jeyms Jins sayyoralarning moddalari qo ‘shni yulduzlarning birortasi Quyoshga yaqin kelganda undan ajralib chiqqanligini targib qilgan. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling