Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


XX asrda AA.Grigoryevning Geografik qobiq haqidagi ta’limot bering


Download 1.66 Mb.
bet27/69
Sana22.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1221304
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69
XX asrda AA.Grigoryevning Geografik qobiq haqidagi ta’limot bering..
A.A.Grigorev geografik qobiqning yuqori chegarasini 20-25 km yuqorida joylashgan ozon qatlamidan o ’tkazadi. Ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli nurlarni ushlab qoladi. undan pastda atmosferani quruqlik va okeanlar bilan o ’zaro ta’sirida havo harakatlari kuzatiladi. Ozon qatlamidan yuqorida esa bunday harakatlar kuzatilmaydi. A.A.Grigorev fikricha geografik qobiqning quyi chegarasi Moxorovich chizig‘idan sal pastroqdan o ’tadi. Yopishqoqligi yuqori boMgan Yer po‘sti ostidagi qatlam bilan Yer po’stini o ’zaro ta’siri Yer yuzasi relyefini shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Quruqlikda geografik qobiqning chegarasi 30-40 km (Yer yuzasidan) dan. okeanlar tubida esa 5-8 km chuqurlikdan o ’tadi.

Geografik qobiqning o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
Geografik qobiq murakkab tizim bo'lib, juda uzoq vaqt davomida shakllanib hozirgi hoiatini olgan. Uning asosiy xususiyatlari quyidagi lardan iborat: 1. Geografik qobiq moddiy tarkibi va tuzilishining o ‘ziga xosiligi va xilma-xilligi. Geografik qobiqda moddalar bir vaqtning o ‘zida uch agregat holatda uchraydi (qattiq, suyuq. gaz). Ularning fizik xossalari (zichlik, issiqlik o ‘tkazuvchanligi, issiqlik sig'imi. yopishqoqlik. darzlanganlik darajasi, Quyosh nurlarini qaytarish xossasi va h.k.) juda katta oraliqlarda o'zgaradi. Moddalarning kimyoviy xossalari turlicha. Bundan tashqari geografik qobiqda moddalar tuzi 1 ishiga ko'ra noorganik, organik va aralash turlarga boMinadi. Moddalarning har bir ajratilgan turi o ‘z navbatida yana yuzlab va minglab xillarga boMinib ketadi. Tirik organizimlarning turlari esa 1,5 mln. dan 2 mln. gacha yetadi. 2. Geografik qobiqning sferalari bir-biridan ajralgan holda emas, balki o ‘zaro uzviy aloqada va rivojlanishga ega boMgan go'yo yaxlit bir zanjirdir. Shu sababli geografik qobiqning biror unsuriga noto‘g ‘ri ta’sir etilsa, tezda boshqa unsur holatining o lzgarishiga sabab bo'ladi. Masalan, so‘nggi yillarda yer yuzidagi o'rmonlarni betartib kesish tufayli, uning maydoni 20 % qisqarishi oqibatida 2 mlrd. gektar maydondagi tuproq eroziyaga uchragan. 3. Yerning sharsimonligi Yer yuzasida issiqlikni notekis taqsimlanishiga sabab bo'ladi, bu esa geografik qobiqda muvozanatsizlikni keltirib chiqaradi. Mazkur muvozanatsizlikni kelib chiqishiga Yer yuzasida quruqlik va suvlikni, muzliklar, qor qoplamini, relyefni murakkab taqsimlanishi ham keltirib chiqaradi. 4. Geografik qobiq yaxlit moddiy tizim sifatida fazo va Yerning ichki qismi bilan doimo modda va energiya almashinuvi orqali aloqadadir.


  1. Download 1.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling