Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Geografik qobiq deb nimaga aytiladi?


Download 1.66 Mb.
bet26/69
Sana22.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1221304
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69
Geografik qobiq deb nimaga aytiladi?
Geografik qobiq haqidagi ta’limot XX asrda A.A. Grigorev tomonidan ishlab chiqilgan boMsada. uning rivojlanishi geosferalarning shakllanishining dastlabki davrlariga borib taqaladi. Geografik qobiq -Yerning eng murakkab tuzilishiga ega boMgan qismi boMib, uzoq vaqt davom etgan rivojlanish mahsulidir. Geografik qobiq o'z ichiga litosfera. gidrosfera, atmosfera va biosferalarni olib, ular o ‘zaro bir-biriga ta’siri natijasida uzoq vaqt davom etgan evolyutsion jarayon oqibatida vujudga kelgan. Geografik qobiq deb, atmosferaning quyi qismi troposfera, litosferaning yuqori g ‘ovak qismi, gidrosfera va biosferaning bir-biriga o kzaro ta’sir etib, bir-biriga kirishib va tutashib turidigan Yerning qismiga aytiladi. Geografik qobiqqa gidrosfera va biosfera toMiq kiradi, u atmosferada ozon qatlamigacha balandlikda boMgan joylarni, litosferada esa gipergenez (grekcha huper-tepada, genesis-kelib chiqish Yer yuzasiga yaqin joylashgan litosferaning bir qismi) zonasigacha boMgan chuqurliklami o ‘z ichiga oladi. Geografik qobiq uncha qalin emas, uning eng katta qalinligi 40 km atrofida (Yer yuzidan yuqoriga va pastga 15-20 km ga cho‘zilgan). Geografik qobiqda juda k o kp va xilma-xil voqea va jarayonlar sodir boMib turadi, ularning asosiy sababi ushbu qobiqda Yerning ichki va koinot omillarining birgalikda, ayni bir paytda hamda juda qaramaqarshi ta’siri ostida vujudga kelishi va rivojlanishidir.
Geografik qobiqning chegaralari haqida olimlar qanday fikrga ega?
Geografik qobiq tushunchasini paydo bo'lganligiga ancha vaqt boMgan boMsada, ammo uning aniq chegaralari haqida hamon yagona bir fikr yo'q. Geografik qobiqning yuqorigi va pastki chegaralari haqida olimlar orasida turiicha fikrlar mavjud, lekin aniq chegarasi ajratilmagan. Ko'pchilik olimlar geografik qobiqning qalinligini 35-40 km hisoblab, quyi chegarasini okeanlarda 11 km (Mariana botig'i -11022 m), quruqlikda 2-6 km chuqurlikdan (Yer po'stining ustki qismi) o'tkazadilar. Geografk qobiqning yuqori chegarasini atmosferaning ozonga ( 0 3) boy bo'lgan 20-30km balandliklardan o'tkazadilar. Chunki ozon Quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarni ushlab qolib, undan quyida organizmning yashashi uchun sharoit yaratib beradi .
A.A.Grigorev geografik qobiqning yuqori chegarasini 20-25 km yuqorida joylashgan ozon qatlamidan o ’tkazadi. Ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli nurlarni ushlab qoladi. undan pastda atmosferani quruqlik va okeanlar bilan o ’zaro ta’sirida havo harakatlari kuzatiladi. Ozon qatlamidan yuqorida esa bunday harakatlar kuzatilmaydi. A.A.Grigorev fikricha geografik qobiqning quyi chegarasi Moxorovich chizig‘idan sal pastroqdan o ’tadi. Yopishqoqligi yuqori boMgan Yer po‘sti ostidagi qatlam bilan Yer po’stini o ’zaro ta’siri Yer yuzasi relyefini shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Quruqlikda geografik qobiqning chegarasi 30-40 km (Yer yuzasidan) dan. okeanlar tubida esa 5-8 km chuqurlikdan o ’tadi. S.V. Kalesnik geografik qobiqni juda tor m a’noda tushunadi. U geografik qobiqni yuqori chegarasini 20-25 km balandlikdan, quyi chegarasini esa qalinligi 500-800 m boMgan gepergenez zonasining quyi qismidan o ’tkazgan. Mazkur zonada chuqurdagi mineral moddalar tashqi ekzogen kuchlar ta'sirida o lzgaradi. A.G.Isachenko geografik qobiqqa troposferani, gidrosferani va litosferaning 5-6 km chuqurlikkacha boMgan, cho’kindi jinslar o ’z xususiyatlarini saqlab qolgan yuqori qismini kiritadi. I.M.Zabelin ham geografik qobiqni xuddi shunday chegarada ajratishni ma'qullaydi, ammo geografik qobiqning quyi chegarasini hayot va suv tarqalgan chuqurlikdan oMkazishini taklif qiladi.


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling