Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Yerni sharsimonligining qanday oqibatlari bor?


Download 1.66 Mb.
bet29/69
Sana22.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1221304
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
Yerni sharsimonligining qanday oqibatlari bor?

Moddalarning fizik xossalari. Geografik qobiqda sodir bo'ladigan jarayonlar uchun moddalarning fizik xossalari (zichligi, oqishi, issiqlik sig‘imi, issiqlik o'tkazuvchanligi, nurni qaytarish qobiliyati va h.k.,) muhim ahamiyatga ega. Geografik qobiqdagi moddaning zichligi yuqoridan pastga qarab ortib boradi. Buning asosiy sababi moddalarning gravitatsion tabaqalanishidir. Tog' jinslarining zichligi 2-3 g/sm3, tirik modda va suvning zichligi 1,0 g/sm3, havoning atmosferani quyi qatlamlaridagi zichligi 0,0013 g/sm". Atmosferada zichlik pastdan yuqoriga qarab kamayib boradi, bu esa adiabatik jarayonlarni keltirib chiqaradi. Bunda havo pastga tushayotganda qiziydi va tepaga chiqayotganda soviydi. Chunki pastga tushayotganda havoning zichligi ortishi munosabati bilan zarralarni bir-biriga urilishi va ishqalanishi kuchayadi, natijada havo qizib ketadi, tepaga chiqayotganda esa zichlik kamayganligi tufayli zarralarni to'qnashishi kamayadi, natijada ishqalanish ham kamayadi va havo soviy boshlaydi. Yuqoriga ko'tarilgan sari har 100 m balandlikda harorat 0,6°C ga pasayib boradi. Geografik qobiqdagi turli xil jarayonlarni hosil boMishida moddalarning oquvchanligi muhim ahamiyatiga ega. Havo va suv katta oquvchanlik xususiyatiga ega. Shuning natijasida ular juda katta yemirish ishlarini bajarishadi. Bundan tashqari havo va suv bilan birga mayda zarrachalar hamda issiqlik ham tashiladiю

  1. Modda va issiqlikning harakati geografik qobiqda nimani
    ta’minlaydi?


Geografik qobiq umumiy Yer bilimi - umumiy tabiiy geografiyaning o’rganish obyekti hisoblanadi. Umumiy Yer bilimi — Yer sharining hamma qismini emas, balki uning eng ustki, murakkab tuzilishga ega bo’lgan qatlami hisoblangan geografik qobiq; tabiatini, tuzilishini, rivojlanish qonuniyatlarini va territorial bo’linishini o’rganadi. Geografik qobiq Yer yuzasida atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosferaning o’zaro aloqasi, bir-biriga taʼsiri natijasida uzoq vaqt davom etgan evolyutsion jarayon oqibatida vujudga kelgan murakkab, to’xtovsiz rivojlanishga ega bo’lgan yaxlit (bir butun) moddiy sistemadir. Geografik qobiq territoriya ko’lamining hamma qabul qilgan aniq; chegarasi yo’q. Ko’pchilik olimlar geografik qobiqning qalinligini 35—40 km hisoblab, quyi chegarasini okeanlarda 11 km (Mariana botigi— 11022 m)_, quruqlikda 2—5 km chuqurlikdan o’tkazadilar. Geografik qobiqning yuqori chegarasini atmosferaning ozonga (Oz) boy bo’lgan 20—30 km balandliklaridan o’tkazadilar. Chunki ozon (Oz) quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarni ushlab qolib, undan quyida organizmning yashashi uchun sharoit yaratib beradi. Geografik qobiq yer sayyoramizning boshqa qismlaridan juda murakkab tuzilishga ega bo’lganligi bilan farq qiladi. Uning asosiy farq qilib turuvchi o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: birinchidan geografik qobiqda moddalar bir vaqtning o’zida uch fizik holatda ya’ni qattiq, suyuq va gazsimon holatda bo’lib, doimo bir-biriga o’tib turadi va u o’zaro taʼsir etib turuvchi, shu bilan birga sifat jihatidan farqlanuvchi 4 ta sferadan ya’ni litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosferadan tashkil topgan. O’z navbatida har bir sfera mustaqil komponentlarga, masalan, litosfera har xil jinslarga, tuproqqa, biosfera o’simlik va hayvonlarga ega. Ikkinchidan geografik qobiq yaxlit (bir butun) moddiy sistema sifatida kosmos va Yerning ichki qismi bilan doimo modda va energiya almashinuvi orqali aloqadadir. Geografik qobiqning issiqlik manbai asosan quyosh radiatsiyasi qisman Yerning ichki qismidan chiqayotgan issiqlikdir. Shuningdek, geografik qobiqga yiliga kosmosdan 10 mln. tonna har xil moddalar tushib turadi. Aksincha geografik qobiqdan ko’tarilgan yengil gazlar – vodorod, geliy atmosferaning yuqori qatlamiga ko’tarilib, so’ngra planetalararo bo’shliqlarga tarqalib ketadi.
Geografik qobiq tabiatida ritmiklik xususiyati mavjud. Tabiatda ritmiklik ikki xil - davriylik va tsikllik shaklida mavjud. Bir xil varqtda qaytarilib turadigan ritmik jarayonlar davriylik hisoblanadi. Bunga Yerning o’z o’qi va quyosh atrofida aylanishi tufayli ro’y beradigan kecha va kunduz, yil fasllari, suv qalqishi kabilar misol bo’ladi. Takrorlanib turish varqti bir xil bo’lmagan jarayonlar tsikllik deyiladi. Quyosh aktivligining o’zgarish tsikli o’rta hisobda 11 yil 1,5 oy mobaynida qaytarilib turadi. Bunga bog’liq holda iqlimning tebranib turishi, daryo suvlarining kamayib, ko’payib turishi va boshqalar tsiklli jarayonlarga kiradi.


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling