Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Magma va lavaning nima farqi bor?


Download 1.66 Mb.
bet32/69
Sana22.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1221304
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69
Magma va lavaning nima farqi bor?

Yerning ichki qismidagi yuqori harorat mantiyadagi moddalarning erigan holatda boMishiga sababchi boMadi va ular magma deyiladi. Yer yoriqlari, darz ketgan joylarga magmaning kirib qotishi natijasida inturiziv jinslar hosil boMadi. Vulqon oti 1 ishi natijasida magmaning yer ustiga chiqishidan effuziv jinslar hosil boMadi. Vulqonizm jarayoni o'ziga xos vulqonik relyef shakllarini vujudga keltiradi. Vulqonlar okean yer po'stining kontinental yer po'stiga aylanishida ham ishtirok etadi. Vulqonizm Yerning hozirgi tektonik faoliyatining oqibati va ko'rinishlaridan biridir. Vulqonlarning 80 %i plitalarning tektonik harakatlari faol oblastlarida sodir boMadi/'4 Yer sharida 1000 ga yaqin otilib turadigan (harakatdagi) vulqonlar mavjud, so'ngan vulqonlar esa undan ko'p. To'xtovsiz yoki ahyonahyonda otilib turadigan vulqonlar so'nmagan, tarixiy davrlarda oti 1- magan vulqonlar esa so'ngan vulqonlar deb ataladi. Shuni alohida ta’- kidlash joizki, vulqonlarning so'ngan va so'nmagan deb ajratish ancha shartlidir. Chunki, so'ngan vulqonlar m a ’lum vaqtdan so'ng oti 1 ishi ham mumkin.

Geosinklinallar nima?
Yer po'sti murakkab tuzilishi ega, u asosan geosinklinallardan, platformalardan, rift zonalaridan va aylanasimon tuzilmalaridan iborat. Geosinklinallar - Yer po'stining harakatchan, keng cho'zilgan qismlaridir. Geosinklinallar yuqori sufatlarda kechadigan tektonik jarayonlar, kuchli magmatizm tez-tez sodir bo'lib turadigan dahshatli zilzilalar bilan ajralib turadi .
Geosinklinallarni rivojlanishda to'rtta bosqichga ajratiladi: - birinchi yoki ilk bosqichda umumiy cho'kish, cho'kkan joyda dengizni hosil bo'lishi va yotqiziqlami to'planishi sodir bo'ladi. Yotqiziqlar asosan qalin cho'kindi-vulqonik jinslardan iborat bo'ladi. Mazkur joy cho'kkan sari yotqiziqlami qalinligi orta boradi va ular qisman metamorfizmga uchraydi;
Platforma deganda nimani tushunasiz?
Platformalar Yer po'stining barqaror qismlaridir. Geosinklinal taraqqiyotining oxirgi bosqichi platformalarni hosil bo'lishidir. Platforma ikki qavatdan iborat. Uning birinchi qavati platforma poydevori hisoblanadi. Platforma poydevori mustahkam, kam harakatchan bo'lib, kristalli tog' jinslaridan, asosan magmatik va metaomorfik jinslardan tuzilgan, ikkinchi qavat poydevor ustida joylashgan bo'lib, ko‘pincha gorizontal yotgan cho'kindi jinslardan tarkib topgan. llgari aytganimizdek geosinklinal o'rnida uning taraqqiyoti davomida burmali togMar vujudga keladi. Mazkur togMarning uzoq davr davomida yemirilishidan platformaning poydevori vujudga keladi. Ushbu poydevor kuchli bukilgan. metamorfizmga uchragan qadimgi tog' jinslaridan tarkib topgan, ularni granitlar yorib chiqqan. Poydevoming asta-sekin cho‘kishi natijasida uning yuzasida dengizlar vujudga kelgan. Dengiz tubida cho'kindi jinslar qumlar, gillar, ohaktoshlar to'plana boshlagan. Poydevorning asta-sekin ko'tarilishi oqibatida dengizlar chekingan va ularning o'rnida yuzasida cho'kindi jinslar bo'lgan tekislik vujudga kelgan. Platformaning ikkinchi qavati, uning cho'kindi jinslardan iborat ustki qismidir.-s Platformalar yoshiga qarab ham farqlanadi. Platformaning yoshi quyi qavat. ya'ni poydevor paydo bo'lgan davr bilan belgilanadi. Eng qadimgi platformalar tokemberiy, ya'ni arxey, proterozoy eralarida vujudga kelgan platformalardir. Ularga Sharqiy Yevropa, Sibir, Xitoy, Arabiston, Hindiston, Avstraliya, Afrika, Antarktida, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika platformalari kiradi .


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling