Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Geotektura, morfostrukturalar, morfoskulpturalar deganda nimani tushunasiz
Download 1.66 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orollar va yarim orollar haqida ma’lumot bering
Geotektura, morfostrukturalar, morfoskulpturalar deganda nimani tushunasiz.
Har qaysi materikning negizida kembriydan oldingi bitta (Yevrosiyoda) yoki bir nechta platforma bor. Ularni geosinklinallar - turli yoshdagi tog' zanjiri o'rab olgan. Morfostrukturalarga yirik sayyoraviy relyef shakllari kiradi. Ularning hosil bo'lishida Yerning ichki kuchlari bilan birga tashqi kuchlari ham qatnashadi. Bunday relyef shakllariga yirik tog‘ tizmalari va tekisliklar kiradi. Masalan, Tyanshan, Kordilera tog'lari, Buyuk tekisliklar, Sharqiy Yevropa tekisligi, Turon tekisligi, Sharqiy Avstraliya tog'lari va h.k. Morfoskulpturalar asosan tashqi (ekzogen) kuchlar ta’sirida vujudga keladi. Ularga daryo vodiylari, allyuvial tekisliklar, muz relyef shakllari, shamol ta’sirida hosil bo'lgan relyef shakllari. suv eroziyasi natijasida hosil boMgan relyef shakllari kiradi. Masalan. jarlar, qirg'oqlar, barxanlar, daryo vodiylari va h.k. 141 Morfoskulptura va morfostruktura relyef shakllari bir-biridan hosil boMishida ko‘ra farq qiladi. Ekzogen jarayon ustun boMganda morfoskulptura, endogen kuchlar ustun boMganda morfostruktura relyef shakllari vujudga keladi. Yer yuzasining hozirgi relyefi uzoq vaqt davom etgan yerning ichki va tashqi kuchlarining o ‘zaro ta’siri natijasida vujudga kelgan boMib, yuzasi har xil . Yer sharining umumiy maydoni 510 mln. km2 boMib, shundan 361 mln. k m ' ni suvlar, 149 mln. km ni esa quruqliklar tashkil etadi. Demak, Yer yuzasida quruqlik va suvlarning taqsimlanishi bir xil emas. Shimoliy yarim sharda quruqlik ko*p boMsa, janubiy yarim sharda suvlar maydoni ko‘p. Shimoliy yarim shar hududining 39 % quruqlik, 61 % suvdan iborat. Aksincha. Janubiy yarim sharda esa quruqlik 19%, suv esa 81 %ni tashkil etadi. Yer shari yuzasidagi quruqlikni 100% deb olsak. uni 67,5% i Shimoliy yarim sharda, 32,5 %i janubiy yarim sharda joylashgan . Orollar va yarim orollar haqida ma’lumot bering? motu arxepelaglari, Marshall va Korolina orollarida atollar juda ko'p. Yarim orollar. Atrofi (uch tomoni) suv bilan o ‘ralgan va bir tomoni materikka toMashgan quruqlik yarim orol deyiladi. Yarim orol vujudga kelish jihatidan tub (dastlabki) va birlashgan yarim orollarga boMinadi. Tub yarim orol materikning davomi hisoblanadi. Bunga Chukotka, Kichik Osiyo, Apenin, Balqon va boshqa yarim orollar misol boMadi. Birlashgan yarim orollar aslida materikka yaqin orol boMib, keyinchalik materikka qo'shilgan bo'ladi. Bunga Qrim, Kamchatka, Hindiston yarim orollari misol bo’ladi. Orollar. Atrofi suv bilan o'ralgan va materikka nisbatan kichik bo'lgan quruqliklarga orollar deyiladi. Ularning maydoni 9,2 mln. km2 bo'lib, quruqlik maydonining 6,1% ini tashkil qiladi. Maydoni 50 ming km" dan ortiq bo'lgan 28 ta katta orol Yer shari orollari umumiy maydonining 79 % ini tashkil etadi. Orollar joylashishiga ko'ra yakka yoki to'da-to'da holda bo'ladi. Orollar to’dasi arxipelag deyiladi. Bunga Malaya, Frants-Iosif Yeri, Shpitsbergen arxipelaglari misol bo'ladi. Yakka orolga Yangi Gvineya, Madagaskar misoldir. Orollar paydo bo' 1 ishi jihatidan ikki guruhga - materik va mustaqil orollarga ajaratiladi. Materik orollari genetik (kelib chiqishi) jihatidan materik bilan bog'liqdir. Bu orollar materikning davomi bo'lib, so'ngra uning bir qismi cho'kkan va dengiz suvi bosib orolga aylangan: Novaya Zemlya, Buyuk Britaniya, Tasmaniya, Irlandiya, Saxalin va boshqalar. Mustaqil orollar materik bilan aloqada bo'lmagan, y a ’ni hech qachon materikning bir qismi bo'lmagan orollardir. Mustaqil orollar vujudga kelishi jihatidan vulqon va marjon orollarga bo'linadi. Vulqon orollar vulqonlarning suv ostidan otilib chiqishidan hosil bo'ladi. Bunga Tinch okeanidagi Gavayi oroli misoldir. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling