Gersin hamda Alp burmalanish bosqichlarida qaysi tog‘lar paydo bo‘lgan?
Gersin burmalanish bosqichi paleozoy erasining ikkinchi yarmida (devon, karbon, perm) sodir boMgan. Devon davrining oxiri va karbon davrining boshlaridan boshlanib o'rta va kech karbonda kuchaygan va trias davrining o'rtalarida tugagan. Gersin burmalanish bosqichida Britaniya orollaridagi Kembriy tog'lari, Kornoul yarim orolidagi tog'lar, Reyn slanesli tog'lari, Ural, Tyanshan, Oltoy, Kunlun, Sharqiy Avstraliya, Appalachi, Atlas tog'lari, Qozog'iston past tog'larining sharqiy qismi ko'tarilagan. G'arbiy Sibir platformasi paydo bo'ladi. Keyinchalik mazkur gersinidlar platforma holatiga o'tgan.
Alp burmalanish bosqichi. Kaynazoy erasida sodir boMgan. Ushbu burmalanish bosqichi ro'y bergan Alp togMari nomi bilan atalgan. Alp burmalanish natijasida hozirgi mavjud ko'p tog' tizmlari koMarilgan. Ular ikkita tog4 mintaqasini hosil qilgan (AIp-Himolay va Tinch okean): - Alp-Himolay mintaqasiga asosan materiklarda koMarilgan togMarga: Pireney, Andalusiya, Atlas, Apennin, Alp, Bolqon, Karpat, Kavkaz, Kichik Osiyo, Eron, Hindiqush, Himolay togMari kiradi; - Tinch okean mintaqasiga Tinch okeanida joylashgan orollarda koMarilgan togMar kiradi: Koryak, Kamchatka, Saxalin, Yapon, Yangi Gvineya, Yangi Zelandiyadagi togMar, And togMari, Aleut orollaridagi togMar va h .k
Mezazoy burmalanish bosqichida qaysi tog‘lar paydo bo‘lgan?
Mezozoy burmalanishi. Ikki qismdan iborat: kimmeriy va larmiy burmalanish bosqichlari. Kimmeriy (Qoradengiz bo'yidagi qabila nomi) burmalanishi mezozoy erasining boshi va o'rtalarida sodir bo'lgan. Mazkur bosqichda burmali va ko'tarilma harakatlar hamda magmatizm jarayonlari xos bo'lgan. Qadimgi kimmeriy burmalanish bosqichi triassning oxiri va yura davrining boshlarida sodir bo'lgan. Mazkur bosqichda Verxoyansk-Kolima tog'li o'lkasi, Shimoliy Amerikada Kordilera tog'larining katta qismi ko'tarilgan. Laramiy bosqichi (AQSHdagi Laramiy daryosi nomidan olingan). Bo'r davrining oxiri va paleogen davrining boshlarida sodir bo'lgan. Mazkur burmalanish bosqichida Shimoliy Amerikadagi qoyali tog'lar, Uzoq sharqdagi Sixota-Alin, Saxalin tog'lari ko'tarilgan. Tibetda va Malay yarim orollarida ham sodir bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |