Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Umumiy Yer bilimi fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari haqida so‘zlab bering
Download 1.66 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vasko-da-Gama boshchiligidagi ekispeditsiyasa haqida nimalarni bilasiz so‘zlab berin.
Umumiy Yer bilimi fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari haqida so‘zlab bering.
Umumiy Yer bilimi fanining obyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari haqida so‘zlab bering. Umumiy yer bilimiing oʻrganish obekti geografik qobiqdir. Geografik qobiq haqidagi ta'limot XX asrning 30-yillarida yara- tilgan boʻlsada, ammo uning ayrim g'oyalari tabiiy geografiya fanining rivojlanishining butun tarixi davomida shakllana borgan. Ko'p davrlar davomida geografiya asosan Yer yuzasini tas- virlash bilan shugʻullanib keldi. Geografik o'lkalarni, mamla- katlarni tasvirlash bilan bir qatorda ilmiy geografiya ham rivoj- lana boshladi. Geografik voqea va hodisalarni tasvirlashdan ularni ilmiy asoslashga o'tish A. Gumboldt asarlarida koʻrina boshladi. Shunday qilib, umumiy yer bilimining maqsadi tabiiy muhitni yaxshilash va unda sodir boʻladigan jarayonlarni va hodisalarni boshqarish tizimini ishlab chiqish hamda Yer tizimini barqaror rivojlanishini ta'minlash maqsadida geografik qobiqning tuzilishi, shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini oʻrganishdan iboratdir. Umumiy yer bilimining asosiy vazifalari quyidagilardan ibo- rat: — tabiatdan va tabiiy resurslardan foydalanishni sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy darajalarda oqilona boshqarishni ilmiy asoslarini ishlab chiqish; geografik qobiq hozirgi paytda inson tomonidan muntazam ravishda o'zgarmoqda. Shuning uchun geografik qobiq jamiyat bilan uzviy ravishda bog'langan Vasko-da-Gama boshchiligidagi ekispeditsiyasa haqida nimalarni bilasiz? so‘zlab berin. Vasko-da-Gama boshchiligidagi ekispeditsiyasa haqida nimalarni bilasiz? so‘zlab berin. 1497-yilda Portugaliya qiroli Manuel I Vasko da Gamaga Afrikani aylanib otib, Hindistonga dengiz sayohati uyushtirish va yolni xaritaga tushirishga farmon bergan. 1497-yilning 8-iyulida sayyoh 168 kishilik ekipajdan iborat tortta kemada Hindiston sayohatiga yol oldi. Xuddi Kolumbniki kabi Vasko da Gama ekspeditsiyasi ham dastlab, Lissabondan garbga yol olgan, ammo keyin Sharqqa burilgan. Atlantika okeanida yoysimon yonalishda suzib, 1497-yil 20-noyabrda Afrikaning eng janubiy nuqtasidan otdilar. Afrikani aylanib otish joyining topilgani ekspeditsiya a’zolarida Hindistonga borish yolini topishga bolgan umidni kuchaytirgan, albatta. Dengiz sayyohlari Afrikaning eng janubiy nuqtasi bolgan burunni «Yaxshi umid» nomi bilan atadilar. Vasko da Gama 1497-yil dekabrda hozirgi Janubiy Afrika Respublikasining Sharqiy qirgoqlarini kashf qildi. 1498-yilning yanvar oyida Zambezi daryosining quyilish joyidan otib, Sharqiy qirgoqlar boylab shimoli-sharqqa suzishda davom etdi va osha yilning mart oyida Mozambikka yetib bordi. Malindi shahrida arab yol korsatuvchisini yollagan sayyoh uning yordamida 1498-yil 20-mayda Hindistonning janubi-garbiy qirgoqlaridagi yirik savdo markazi hisoblangan Kalikut (hozirgi Kojikode) shahriga yetib keldi. Kalikut rojasi tomonidan yaxshi kotib olingan Vasko da Gama, Hindistonda bir muddat turib, 1498-yil oktyabrda yana Portugaliya tomon yolga chiqdi. Ammo 1499-yilning sentyabridagina Lissabonga yetib oldi. Ekspeditsiya davomida turli xavf-xatarlar, fojiali holatlar sababli safarga chiqqan 168 dengizchidan faqat 55 kishigina eson-omon Portugaliyaga qaytishga muvaffaq bolgan. Ammo anchayin katta qurbonlar berib bolsa-da, Vasko da Gamaning Portugaliya qiroli topshirigiga kora, Yevropadan Hindistongacha bolgan dengiz yo`lini kashf etishga erishganini ta’kidlash joiz. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling