Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Yerning shakli va kattaligi qanday geografik oqibatlarga olib keladi?
Download 1.66 Mb.
|
Yerning shakli va kattaligi qanday geografik oqibatlarga olib keladi?
Yer sharining koMami (kattaligi) haqidagi dastlabki m a’lumotlarni qadimgi grek, arab va O'rta Osiyolik olimlarning asarlarida uchratish mumkin. Miloddan avvalgi ikkinchi asrda yashagan grek olimi Eratosfen hisobiga ko'ra, Yer aylanasining uzunligi 39 000 km ga teng. U Misrning Siena (Asvon) bilan Iskandariya shaharlarida 22 iyunda Quyosh nurining tushish burchagini oMchagan. Siena shahrida 22 iyunda Quyosh 90° burchak hosil qilib tushsa, shu kuni undan 5 000 stadiya (stadiya - bir Misr stadiyasi 158 m, boshqa maMumotlarga ko'ra 125 m) shimolda joylashgan Iskandariya shahrida 82°48’ burchak hosil qilib tushgan. Oradagi farq 7° 12 ga teng bo'lgan. Eratosfen bu ikki shahar orasidagi masofani 7° 12’ ga taqsimlab, uni 360°ga ko'paytirib, 5000 x360“t _ Yer shari aylanasining uzunligini, y a ’ni, 742 * stadiya yoki 39 000 km) 39 000 km ekanligini aniqlagan. Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy tekis yer ustida qad ko'targan tog' tepasida turib astrolyabiya asbobi yordamida gorizontning pasayish burchagini o'lchagan. U avval tog'ning balanligini aniqlab. so'ng ufq (gorizont)ning pasayish burchagi asosida 1° meridian yoyning uzunligini 50,6 arab miliga (hozirgi hisobga ko'ra 111,6 km) tengligini isbotlagan. Shu usul bilan Beruniy Yer meridian aylanasining uzunligini 40 183 km deb hisoblab chiqqan. Hozirgi hisobga ko'ra, Yer meridian aylanasining uzunligi 40 008,5 km. Oradagi farq b o r y o 'g 'i 175,5 km ni tashkil qiladi. 1964- yil Xalqaro astronomik ittifoqi kelishilgan holda Yerning aniq oMchami (ko'lami)ni quyidagicha ekanligini belgiladi (12-rasm): Ekvatorial radiusi yoki katta radiusi 6 378, 160 km Qutbiy radiusi yoki kichik radiusi 6 356, 730 km Ekvatorial radiusi bilan qutbiy radius orasidagi farq yoki qutbiy siqiqlik 21, 430 km Meridian aylanasining uzunligi 40 008, 5 km 73 Ekvator aylanasining uzunligi 40 075, 7 km Yerning umumiy maydoni 510 mln. km Yuqoridagi m a’lumotlardan ko‘- rinib turibdiki, Yer sharining qutb atrofi bir oz (21,4 km) siqiq ekan. Shu tufayli Yerning shakli shar shaklidan farq qilib sferoid yoki ellipsoid shakliga yaqindir. Bundan tashqari, Yer sharining ekvator siqiqligi ham mavjud. Shu sababli Yer shakli sferoidning geometrik shaklidan bir oz farq qilganligi tufayli. uning shaklini geoid, y a ’ni Yerga xos b o ‘lgan shakl deb qabul qilingan. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling