Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Yerning Quyosh sistemasida joylashgan o‘rni uning tabiatiga ta’siri haqida so‘zlab bering?


Download 1.66 Mb.
bet20/69
Sana22.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1221304
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Yerning Quyosh sistemasida joylashgan o‘rni uning tabiatiga ta’siri haqida so‘zlab bering?
Yer – sayyora (planeta). Yer quyosh fokusida ellips shaklida aylanadigan uchinchi planeta hisoblanadi. Quyosh atrofida Yerning aylanish davri 365,25 o’rtacha quyosh sutkasiga to’g’ri keladi. Yer o’z o’qi atrofida to’liq aylanishi 23 soat 56 minut 4,09 sekund vaqt ichida sodir bo’ladi. Yer o’z o’qida egilgan holda orbita yuzasiga nisbatan 66033* 20* da to’liq aylanadi.
Quyosh sistemasidagi planetalarning qarshiligi tufayli bu burchak sekinlik bilan kuchayiyu har 100 yilda 46*,8 ga o’zgaradi. Yerning aylanishi o’z aylanishini 26 ming yilda qonun shaklida o’zgartiradi va putatsiya deb yuritiladigan kichik tebranishlar sodir bo’ladi.
SHartli ravishda Yerning o’z o’qi atrofida aylanish juda sekin har 100 ming yilda 1 sekund atrofida beradi. Quyoshning tortish kuchi Yerni o’z o’q orbitasida saqlanishini ta‘minlaydi, ammo oy va yulduzning tortish kuchi okean suvining ko’tarilishi va tushishi, atmosfera havzasi va yerning qattiq qatlamiga ta‘siri mavjud.
Yer sharining shakli ellipsoid shakliga yaqin. Yerning geofizik o’lchami va gravimetrik ma‘lumotlariga asosan ellipsoid yerning o’rganilgan. Shunga ko’ra uning ekvator radiusi 6.378.245 m, meridian aylanasi uzunligi 40008550 m, hajmi 1,083,10 km2, yerning umumiy massasi 5,92,10 gr. Gravitermik ma‘lumotlarga ko’ra, Yer zichligi 5,62 g\sm3.
Yerning quyosh atrofida to’liq aylanishi uchun 365 kun 5 soat 48 minut 46 sekund vaqt o’tadi. Agar 365 kun 6 soat deb oladigan bo’lsak (har yiliga 11 minut 14 sekund xato bo’ladi) har to’rt yilning uch yili 365 kun bir yili 366 kunga to’g’ri keladi. Har yiliga to’g’ri keladigan 6 soat to’rtga ko’paytirilib, bir yilga qo’shiladi. Shuning uchun kalendardagi har to’rt yilning biri 366 kunga to’g’ri keladi. Shuning uchun to’rtinchi yilning fevral oyi 29 kun bo’lib, kabisa yili deyiladi.

Yer sayyorasida necha xil kimyoviy elementlar mavjud? Ular haqida so‘zlab bering.
Yer po‘stining tarkibi. Yer po'sti kimyoviy elementlardan, minerallardan va tog' jinslaridan iborat. Yer po'sti tarkibida quyidagi kimyoviy elementlar uchraydi: kislorod (47 %), kremniy (29,5 %), alyuminiy (8.05 %), temir (4,65 %) kalsiy (2,96 %), natriy (2 ,5%) kaliy (2,5%), magniy (1,87%), titan (0,45 %) va boshqalar (0,52 %) . Demak, Yer po'stida tarqalgan 9 ta asosiy elementini 99,48 % ni tashkil qiladi.2, Kimyoviy elementlar birlashmasiga mineral deb ataladi. Tog' jinslari esa bir necha mineral laming tabiiy birikmasidir. Tog' jinslari monomineralli va polimineralli bo'ladi. Tog' jinslari bir mineraldan tashkil topsa, monomineralli jins deyiladi. Masalan, kvars, kvars mineralidan iborat. Agar tog' jinslari bir necha minerallar yig'indisidan iborat bo'lsa, polimineral tog‘ jinsi deyiladi. Masalan, granit quyidagi minerallardan tashkil topgan: kvars, ortoklaz, slyuda, dala shpati. Yer po'sti tuzilishi jihatidan magmatik, cho'kindi va metamorfik tog'jinslaridan tashkil topgan


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling