Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Quyosh sistemasidagi sayyoralar haqida so‘zlab bering
Download 1.66 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meteor va meteoritlar bir biri bilan nimasi bilan farqlanadi
Quyosh sistemasidagi sayyoralar haqida so‘zlab bering.
Sayyoralar. Sayyoralar Quyosh tizimidagi sovuq osmon jisrnlaridir. Quyosh atrofida 9 ta sayyora harakatlanadi. Sayyoralar Quyosh tizimida joylashgan o'rni, o'rtacha zichligi, o'z o'qi va Quyosh atrofida ay lanishi, yoMdoshlari soniga ko'ra bir-biridan farq qiladi (1-jadval). Quyosh tizimidagi sayyoralar ikki guruhga boMinadi: a) o'rtacha zichligi katta, o'z o'qi atrofida sekin aylanadigan, yoMdoshlari kam (yoki butunlay yo'q) kichik ichki sayyoralar guruhi. Ichki sayyoralarga Merkuriy (Atorud), Venera (Zuhra), Yer va Mars (Mirrix) kiradi; b) o'rtacha zichligi kichik o'z o'qi atrofida tez aylanadigan, yoMdoshlari ko'p boMgan katta, tashqi sayyoralar guruhi. Ularga Yupiter (Mushtariy), Saturn (Zuhal), Uran, Neptun kiradi (7-rasm)10. Sayyoralar Quyosh atrofida soat strelkasiga teskari yo'nalishda harakatlanadi. Meteor va meteoritlar bir biri bilan nimasi bilan farqlanadi? Meteorlar (grekcha «meteoros» - tepadagi, tepada turgan ma’nosini bildiradi). Kometa zarrachalarining Yer atmosferasining qarshiligiga duch kelib, erib ketganlari meteorlar deb ataladi. Uncha katta bo'lmagan qattiq jismlarni atmosferaga kosmik tezlikda kirib kelishi natijasida atmosferada qisqa lahzali chaqnash ro'y beradi. Zarralar, yoki, qattiq jismlar atmosferaga kirib kelganda harorat 2000- 3000°C gacha qizib ketadi. Natijada ularning yuzasi tez sur’atlar bilan bug'lana boshlaydi. Atmosferaga kirib kelgan jismning hajmi qancha katta bo'lsa, chaqnash shuncha kuchliroq va yorug'roq bo'ladi. Eng yirik chaqnashlar olov sharga o'xshaydi, ular atmosferadan juda katta shovqin bilan o ’tadi. Bunday chaqnashni Bolidlar deb atashadi. Meteoritlar (grekcha «meteora»-koinot hodisasi). Kometa zarrachalarining Yer atmosferasining qarshiligiga duch kelib, havo qarshiligini yengib, so'ngra erib ketishiga ulgurmay Yer yuzasiga tushgani meteoritlar deb yuritiladi. Demak, meteoritlar meteorlarning yonib ulgurmay Yerga tushgan qismi bo'lib, fazodan yer yuzasiga tushadigan tosh yoki temir holdagi osmon jismlaridir. Ularning og'irligi bir necha grammdan bir necha tonnagacha bo'ladi. Meteoritlarning Yerga tushishi juda katta chaqnash, shovqin bilan kuzatiladi. Bu paytda osmonda uchib kelayotgan olovli shar ko'rinadi. Meteorit Yerga urilganda yer yuzasida chuqurlar va xandaqlar hosil bo‘ladi. Olimlarning ma'lumotiga ko'ra ikki milliard yil davomida Yerga 100 ming krater hosil qiluvchi yirik «meteorit yomg‘iri» tushganligi qayd qilingan Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling