Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Asteorid bilan kometalarning qanday farqi mavjud?
Download 1.66 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sayyoralaming paydo bo‘lishi haqida birinchi ilmiy gipoteza kim tomonidan ishlab chiqildi
Asteorid bilan kometalarning qanday farqi mavjud?
Meteorlar (grekcha «meteoros» - tepadagi, tepada turgan ma’nosini bildiradi). Kometa zarrachalarining Yer atmosferasining qarshiligiga duch kelib, erib ketganlari meteorlar deb ataladi. Uncha katta bo'lmagan qattiq jismlarni atmosferaga kosmik tezlikda kirib kelishi natijasida atmosferada qisqa lahzali chaqnash ro'y beradi. Zarralar, yoki, qattiq jismlar atmosferaga kirib kelganda harorat 2000- 3000°C gacha qizib ketadi. Natijada ularning yuzasi tez sur’atlar bilan bug'lana boshlaydi. Atmosferaga kirib kelgan jismning hajmi qancha katta bo'lsa, chaqnash shuncha kuchliroq va yorug'roq bo'ladi. Eng yirik chaqnashlar olov sharga o'xshaydi, ular atmosferadan juda katta shovqin bilan o ’tadi. Bunday chaqnashni Bolidlar deb atashadi. Meteoritlar (grekcha «meteora»-koinot hodisasi). Kometa zarrachalarining Yer atmosferasining qarshiligiga duch kelib, havo qarshiligini yengib, so'ngra erib ketishiga ulgurmay Yer yuzasiga tushgani meteoritlar deb yuritiladi. Demak, meteoritlar meteorlarning yonib ulgurmay Yerga tushgan qismi bo'lib, fazodan yer yuzasiga tushadigan tosh yoki temir holdagi osmon jismlaridir. Ularning og'irligi bir necha grammdan bir necha tonnagacha bo'ladi. Meteoritlarning Yerga tushishi juda katta chaqnash, shovqin bilan kuzatiladi. Bu paytda osmonda uchib kelayotgan olovli shar ko'rinadi. Meteorit Yerga urilganda yer yuzasida chuqurlar va xandaqlar hosil bo‘ladi. Olimlarning ma'lumotiga ko'ra ikki milliard yil davomida Yerga 100 ming krater hosil qiluvchi yirik «meteorit yomg‘iri» tushganligi qayd qilingan. Sayyoralaming paydo bo‘lishi haqida birinchi ilmiy gipoteza kim tomonidan ishlab chiqildi? Asteroidlar - Quyosh tizimiga kiruvchi qattiq osmon jismlari bo’lib, ularni kichik sayyoralar deyishadi. Asteroidlar Quyosh atrofida sayyoralar aylangan tomonga qarab harakat qiladigan, m a’lum shaklga ega bo’lmagan va qirrasimon qattiq jismlardir. Olimlarning aniqlashicha, 40-60 ming, umumiy soni 140 ming atrofida kichik sayyoralar yoki asteroidlar mavjud. Ular Mars va Yupiter sayyoralarining oraligMda Yerdan taxminan 450 mln. km uzoqlikda joylashgan. Asteroidlarning vujudga kelishi aniq emas. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko'ra asteroidlar Mars va Yupiter oraligMdagi Faeton sayyorasining bir necha million yillar ilgari kosmik halokati tufayli portlashi natijasida uning parchalanib ketishidan vujudga kelgandir, degan g ’oyani olg'a surmoqdalar. Ba’zi olimlar esa sayyoralar changsimon muhitdagi chang zarrachalarining o ‘zaro tortishish kuchi ta‘sirida birlashishi va zichlanishi natijasida hosil boMgan, demoqdalar.Kometalar (grekcha kometos - uzun sochli ma’nosida) Quyosh tizimidagi o ‘ziga xos osmon jismidir (5-rasm). Kepler ta’biri bilan aytganda kometalar osmonda okeandagi baliq singari suzib yuradi.To'la shakllangan kometa qattiq jismdan iborat bo'lib. diametri bir necha kilometr keladigan va ravshan ko'rinib turadiganyadrosi', tuman pardasidan iborat bos hi (yadro ana shu bosh ichida joylashgan bo’ladi); uzunligi bir necha 100 mln. km keladigan dumi bo'ladi. I.Kant va P.S.Laplas gipotezalarning o‘xshashligi va farqlarini tushuntirib bering? Quyosh, sayyoralarning va boshqa osmon jismlarining vujudga kelishi haqidagi muammolar qadimdan olimlarni qiziqtirib kelgan. Quyosh tizimidagi sayyoralarning hozirgi xususiyatlari ularning uzoq davrlar mobaynida rivojlanishi mahsulidir. Hozirgi tasavvurlarga binoan Quyosh tizimidagi Quyosh, sayyoralar va boshqa osmon jismlari bundan 4.6 mlrd. yil avval chang va gaziardan tuzilgan bulutlar yoki tumanlardan hosil boMgan." Fransuz faylasufi Rene Dekart (1644 yili) birinchi boMib koinotdagi tumanliklar, y a ’ni gaz va changlardan iborat boMgan bulutlarning quyunli harakati natijasida uning markazida Quyosh, chekka atrofida esa sayyoralar, ularning yoMdoshlari hosil boMgan, degan g'oyani ilgari surgan. Mazkur bulutlar va tumanlar Galaktikaning tarmoqlaridan birida aylanayotgan diskret muhit sifatida paydo boMgan. Gravitatsion siqilish natijasida asta-sekin zichlashib disk (doira) shaklini olgan. Yanada zichlashish ta ’sirida bulutlikning moddalari qiziy boshlagan va markaziy qismidagi yuqori harorat yadro reaksiyalarini boshlanishiga olib kelgan. Keyinchalik bulutlikning markaziy qismidan Quyosh vujudga kelgan, qattiq moddalar uyumidan esa sayyoralar va yoMdoshlar vujudga kelgan. Bunday ilmiy qarash bundan 300 yil avval vujudga kelgan va nebulyar (nebulyar-tuman) gipotezasi deb nom olgan. Mazkur gipoteza dastlab Dekart tomonidan olg'a surilgan, ammo u Kant-Laplas kosmogoanik gipotezasi nomi bilan mashhur bo’ldi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling