Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Geografik qobiqning tarkibi va tuzilishi darajalari haqidagi ta’limot bering


Download 1.66 Mb.
bet28/69
Sana22.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1221304
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
Geografik qobiqning tarkibi va tuzilishi darajalari haqidagi ta’limot bering.

Yerning havo qobigM (asosan troposfera), Yer po‘sti. suv qobig”i (okean va quruqlik suvlari) va hayot qobigM (o'simlik va hayvonlar) geografik qobiqning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Geografik qobiqda bir nechta tuzilish darajalari ajratiladi: geotarkibli, geosferali va geotizimli. Geotarkibli yoki eng oddiy tuzilish darajasi. Geotarkiblar - bu Yer yuzasidagi nisbatan bir xil xususiyatga ega boMgan moddiy hosilalar birlashmasidir. Ular asosiy va ikkinchi darajali geotarkiblarga ajratiladi. Asosiy geotarkiblarga tog‘ jinslari, havo, suv, o'sim lik va hayvonlar kiradi. Ikkinchi darajali geotarkiblarga esa tuproq muz, muzloq gruntlar kiradi.17 Geotarkiblar hosil boMishi, kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga qarab bir-biridan keskin farq qiladi. Geografik qobiqda ilgari aytganimizdek, notirik, tirik va aralash moddalar ajratiladi. Aralash (tirik va notirik moddalar birlashmasi) moddalarga tuproq, muz va muzloq grunt kiradi. Notirik (noorganik) moddalarga asosan tog' jinslari kiradi. ular Yer po'stida keng tarqalgan. Tirik moddalarga o ‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizimlar kiradi. Ular biosferada keng tarqalgan. Geosferali tuzilma darajasi. Geosfera deb, asosan maMum bir geotarkibdan tuzilgan Yerning aniq bir qismlariga aytiladi. Geosferalar (geoqobiqlar) konsentrik bir-birini ichiga kirgan qatamlarni tashkil qiladi. Geosferalar litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadan iborat. Litosfera zichligi yuqori boMgan va qattiq moddalardan iborat tog' jinslaridan tuzilgan. Gidrofera esa suyuq moddalardan, ya'ni suvdan iborat, atmosfera gazsimon moddalardan iborat. Biosfera esa tirik moddalardan tashkil topgan. Litosfera, gidrosfera va atmosfera to ‘xtovsiz, yaxlit qobiqni hosil qiladi. Biosfera esa tirik mavjudotlar tarqalgan qobiq sifatida yaxlit qobiqni hosil qilmaydi, u boshqa qobiqlar tarkibiga kiradi va yuqorida aytilgan qobiqlarning tutashgan joyida yupqa qatlamni hosil qiladi. Mazkur geoqobiqlar orasida yaxlit qatlam hosil qiladigan asosiy qobiqlar va yaxlit qatlam hosil qilmaydigan ikkinchi darajali qobiqlar ajratiladi. Ikkinchi darajali qobiqlarga krisofera (sovuqlik qobigM), tuproq (pedosfera) va boshqalar kiradi).



  1. Download 1.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling