Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari
Download 0.62 Mb.
|
HFX fanidan YN savollari 1
Ishlab chiqarish sharoiti - bu insonni o‘rab turgan atrof muhitning bir qismini tashkil qilib uning tarkibiga tabiat-iqlimga bog‘liq bo‘lgan hamda insonning kasbiy faoliyatiga ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillar (shovqin, silkinish, zaharli tutunlar, gazlar, changlar, nurlanishlar va hakazo) kiradi.
Ishlab chiqarishdagi zararlar deb, ish unumdorligining pasayishi, zaharlanish va kasalliklarning paydo bo‘lishi kasallanishning ortib ketishi va vaqtinchalik mehnat faoliyatining yo‘qolishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi. Xavfli omillar - muayyan bir sharoitda inson sog‘ligiga zarar keltirishi yoki organizmni halokatga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar. Aksariyat havfli omillarga ishlab chiqarishdagi zaharli kimyoviy, biologik moddalar, ionlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan nurlar va boshqa kuchli ta’sir etuvchi kuchlar kiradi. Zaharli kimyoviy moddalarning yo‘l qo‘yiladigan eng oxirgi darajasidan yuqori miqdorda yoki biologik xavfli ta’sirlarning inson tanasiga o‘tishi natijasida kuchli kimyoviy yoki biologik zaharlanish yuz berib, insonning o‘limiga olib keladi. Shuningdek, ionlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan nurlarning yuqori miqdordagi dozasi ta’sirida ham inson hayoti xavf ostida qoladi.
Zararli omillarga ishlab chiqarishdagi changlar, tutunlar, gazlar, bug‘lar, yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajadan yuqori qiymatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me’yorlari, shovqinlar, titrashlar, yoritilganlik, elektr va magnit maydonlari va boshqalar kiradi. Masalan: ishlab chiqarish changlari Pnevmokomioz kasalliklaridan tashqari teri kasalliklarini ham keltirib chiqaradi. Xavfli va zararli omillarning ta’sir xususiyatlari ularning tarkibiga, tuzilishiga, fizik-kimyoviy xossalariga, miqdoriga, inson tana a’zolariga ta’sir etish yo‘llariga, holatiga, uchuvchanligiga, suvda, yog‘da eruvchanligiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar 4-guruhga bo‘linadi (GOST 12.0.003-83 – Xavfli va zararli ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tasnifi): 1. Fizikaviy 2. Kimyoviy 3. Biologik 4. Psixofiziologik
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, insonning mehnat qilish jarayonida energiya sarflanishi bajariladigan ishining og‘ir yengilligiga, ishning oddiy-murakkabligiga, emotsional zo‘riqish darajasi va ishlab chiqarish muhitining gigienik normalariga bog‘liq bo‘ladi. Demak, insonning turli ko‘rinishdagi mehnat faoliyatlarini amalga oshirishda, ularning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini xisobga olish, inson organizmining mehnat qilish qobiliyatlarini oshirish uchun kerakli choralarni ko‘rish va ishchi-xizmatchilar uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi.
shlab chiqarish muhitining, jumladan, bino, uylarning meteriologik sharoitlari yoki mikroiqlim tushunchasiga havo harorati, uning namligi va harakatchanligi, bosimi, shu bilan birga har xil qurilma, asbob-uskuna, ishlanadigan material va buyumlardan ajralib chiqqan issiqlik, infraqizil hamda ultrabinafsha nurlar kiradi. Ishlab chiqarish muhitining mikroiqlimiga ikkita asosiy ichki va tashqi sabablar bog‘liq bo‘ladi. Ichki sabablar nisbatan doimiy xarakterga ega bo‘lib, ishlab chiqarish texnologiyasiga, qo‘llanadigan asbob-uskunalarga va sanitariya-texnikaviy qurilmalarga bog‘liq bo‘ladi. Ichki sabablarning ta’sir kuchi qo‘llaniladigan asbob-uskunalarning quvvatiga va sanitariya-texnikaviy qurilmalarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Tashqi sabablar o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘lib, yil fasllariga, ob-havoga, kecha va kunduzga bog‘liq bo‘ladi. Tashqi sabablarning ta’sir kuchi binolarning devoriga, tomiga, qanday materialdan qurilganiga, romlarning bor yo‘qligiga va ularning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarish binolarning issiqlik rejimi, bino ichiga tushib turgan quyosh nurlaridan ajralib chiqadigan issiqlikdan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarish binolaridagi ajralib chiqadigan issiqlikning bir qismi ochiq joylardan tashqariga chiqib ketadi, qolgan ikkinchi qismi bino havosini qizishiga sababchi bo‘ladi. Ishlab chiqarish binolarida havo issiq jismlarga tegishi natijasida isiydi, yengillashadi va yuqoriga ko‘tariladi, o‘ning o‘rnini esa undan sal og‘irroq sovuq havo egallaydi, o‘z navbatida u ham issiq jismlarga tegib isiydi va yuqoriga ko‘tariladi. Shunday qilib havoning doimiy harakatda bo‘lgani uchun faqat issiq jismlar atrofidagi havo isib qolmasdan ishlab chiqarish binolarining hamma yeridagi havo isiydi. Bunday issiqlik uzatilishi konveksion issiqlik uzatilishi yo‘li deyiladi. Hamma qizigan jismlar o‘zidan nurlar chiqaradi. Nurlar xarakterli jismning haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Issiqlik ajralib chiqaradigan jismlarning harorati 500oC va undan yuqori bo‘lsa ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik nurlari bilan birga, ko‘zga ko‘rinmaydigan infraqizil nurlar ajralib chiqa boshlaydi. Mikroiqlimning inson organizmiga ta’siri. Inson organizmi havo haroratining juda katta o‘zgarishiga moslasha oladi. Chunki odam organizmida uzluksiz ravishda issiqlik paydo bo‘ladi va u tashqariga ajralib chiqib turadi, buning natijasida issiqlikning paydo bo‘lishi va sarf qilinishi orasidagi doimiy nisbat hamda harorat bir xil darajada saqlanib turadi. Bu fiziologik jarayon esa organizmning isiqlik almashuvi deyiladi. Odam organizmida uzluksiz paydo bo‘ladigan issiqlik tashqariga uch xil yo‘l bilan chiqadi: konveksiya, nur tarqatish va terlash. Normal mikroiqlimda (havo harorati 20oC atrofida) konveksiya yo‘li bilan 30% atrofida, nur tarqatish yo‘li bilan 45% atrofida, terlash yo‘li bilan esa 25% atrofida organizmdan issiqlik ajralib chiqadi. Noqulay iqlim sharoitida organizmning issiqlik almashuvi jarayoni buzilishi natijasida, organizmdagi hayotiy zarur a’zolarning normal ishlashi qiyinlashadi va fiziologik funksiyalari o‘zgaradi. 32.Ishlab chiqarish changi, zaharli moddalar va ularga qarshi chora-tadbirlar? Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling