Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari
Download 0.62 Mb.
|
HFX fanidan YN savollari 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatning fiziologik asoslari.
Kasb kasalligi — xodimning unga zararli ishlab chiqarish omili yoki xavfli ishlab chiqarish omili ta’siri natijasida yuzaga kelgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turg‘un yo‘qotishiga sabab bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali kasalligi
25.Ishlab chiqarishda jarohatlanishlar va kasb kasalliklarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar? 26.Inson mehnat faoliyatining turlari? 1. Jismoniy faollikni talab qiluvchi mehnat turi. Mehnat faoliyati turlari ichida eng ko‘p uchraydigan mehnat turi bo‘lib, maxsus mehnat vositalari yetarli bo‘lmagan vaziyatlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Bunda katta energetik kuch talab qilinadi, ya’ni sutkasiga 4000-6000 kkal va undan ortiq energiya sarflanadi. Ushbu mehnat turi ko‘p hollarda qo‘llanilishi bilan bir vaqtda, bir qancha kamchiliklarga ega. Hususan, ish unumdorligining past bo‘lishi, mahsulotning oz miqdorda ishlab chiqarilishi, tez toliqish oqibatida ish kunining ko‘p vaqtini dam olishga sarflanishi (50%ga yaqin) va boshqalar. 2. Mexanizatsiyalashgan mehnat turi. Bu mehnat faoliyati turida ishchilarning mehnatga sarf qiladigan energiyasi 3000-4000 kkal atrofida bo‘ladi. Mexanizatsiyalashgan mehnat turida asosan ishchi kuchi energiyasi tejaladi va asosiy ish texnika va texnik vositalar yordamida bajariladi. Bunday mehnat turida maxsus bilim va malaka talab etiladi. Mexanizatsiyalashgan mehnat turida ishchi kuchining samaradorligi pasayadi, ammo masofadan turib qo‘l harakatidan foydalanish oqibatida yuqori ish unumdorligiga erishiladi. Demak, bu mehnat turida, kichik qismda qabul qilingan ma’lumotlar asosida muayyan ishlarning takrorlanishi mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi. 3. Yarim avtomatlashgan ishlab chiqarish turi. Bu mehnat turida insonning uzluksiz ishlashiga chek qo‘yiladi va ish faoliyatini avtomatlashtirilgan mexanizmlar boshqaradi. Insonning vazifasi avtomatlashgan liniyalarga xizmat ko‘rsatish va elektron texnikalarni boshqarish bilan cheklanadi. Ushbu mehnat faoliyatida – ish qismining kattaligi, ish unumdorligining yuqoriligi, lekin inson asabining turli darajadagi tarangligi bilan xarakterlanadi. 4. Avtomatlashgan mehnat turi. Fiziologik jihatdan ishchining ishga doimiy tayyorgarligi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxushliklarni darhol bartaraf etishni taqozo etadi. Bunday funksional holat “operativ kutish” deyiladi. Ish unumdorligi ishchining ishga bo‘lgan munosabati uning tezlik bilan ish ko‘rishi, vazifasiga masuliyat bilan yondashishi va boshqa holatlarga bog‘liq. 5. Konveer mehnat turi. Ushbu mehnat turining e’tiborli jihati - umumiy ish jarayonining alohida ish turlariga, ketma-ketlikda ish bajarilishi, konveer tasmasi orqali biron-bir detalning har bir ish joyiga avtomatik tarzda yetkazib berilishidan iborat. Bunday mehnat shakli ishchilardan bir maromda va berilgan ish su’ratida ishlashni talab qiladi. Bunda ishchi boshqaradigan ish operatsiyasiga qancha kam vaqt sarflansa, uning mehnat unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Monotoniya - bu konveer mehnat shaklidan kelib chiqqan salbiy oqibatlardan biri bo‘lib, o‘z navbatida tez-tez toliqishga va asabiylashishga olib keladi. Buning oqibatida ish jarayonida orqaga ketish kuzatiladi, har kungi asabiylashishlarning qaytarilishi oqibatida parishonxotirlik, mehnat faoliyatining sekinlashishi yuzaga kelib, oqibatda ishchi ishlash qobiliyatining pasayishiga olib keladi. 6. Ishlab chiqarish jarayonini boshqarish bilan bog‘liq mehnat turi Inson avtomatlashgan mehnat jarayonida qancha kam ishtirok etsa, uning hissasi shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunga fiziologik nuqtai nazardan qaralsa, ishlab chiqarish jarayonini boshqarish ikkita asosiy shaklga bo‘linadi: birinchisida masofadan turib boshqarish, ya’ni ishchidan tez va faol harakatlanishni talab qilsa, ikkinchisi esa kam hollarda harakatlanishni taqozo etadi. Boshqarishning birinchi shaklida ishchi faqat bir operatsiyaga emas, balki boshqa jarayonlarga ham e’tiborini qaratishi talab etiladi, ikkinchi shaklda esa ishchi harakat qilishga tayyor bo‘lib turadi, lekin uning tezligi kamroq bo‘ladi. 7. Aqliy mehnat turi Bu mehnat shakli alohida bir kasb bo‘lib, unga ham moddiy ishlab chiqarishga aloqador sifatida qaralmoqda. Masalan, muhandislar, dispetcherlar, konstruktorlar, olimlar, vrachlar, o‘qituvchilar, artistlar, rassomlar, yozuvchilar va boshqalar. Aqliy mehnatda turli xil ma’lumotlarning tahlil qilinishi inson xotirasi va e’tiborining susayishiga olib keladi. Bunday mehnat shaklida jismoniy harakat juda katta ahamiyat kasb etmaydi va bir kunlik energiya sarfi 2000-2400 kkal bo‘ladi. Aqliy mehnat uchun “gipokenziya” xarakterli xisoblanib, bu nafaqat inson faoliyatining salmoqli darajada pasayishiga, o‘z navbatida, inson organizmining buzilishiga va haddan ziyod his-hayajonga berilishiga olib keladi.
Mehnatning fiziologik asoslari. Har qanday mehnat – murakkab fiziologik jarayonlar kompleksidan tashkil topadi. Bu faoliyatda markaziy asab sistemasi asosiy vazifani bajaradi, ya’ni ish jarayonida inson organizmida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni boshqaradi. Aynan inson miyasi tufayli mehnat faoliyatida uning kuch-quvvati (energiyasi) sarflanadi. Mexanik ishlarni boshqarish uchun inson organizmida kimyoviy-biologik jarayon natijasida uglevodlar parchalanishi hisobiga amalga oshadi. Bunda jismoniy kuchga sarflanadigan kislorod miqdori mehnat faoliyatining unumiga bog‘liq bo‘ladi. Jismoniy mehnat faoliyatida nafaqat uning kuch-quvvati, balki fiziologik a’zolar tizimida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, chuqur nafas olish yoki chiqarish orqali ish jarayonining kechishiga olib keladi. Jismoniy tayyorgarlik ko‘rgan insonlarda chuqur nafas olish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Yurak a’zolari tizimida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, og‘ir jismoniy harakatning ko‘payib ketishi oqibatida, yurakning tez-tez urishi va qon bosimining ko‘tarilib ketishiga olib keladi. Bunda qondagi biokimyoviy o‘zgarishlar natijasida qand dinamikasi o‘zgarishi kuzatiladi. Jumladan, o‘rtacha og‘ir ish bilan shug‘ullanuvchilarda qand miqdori oshib boradi, lekin qandning ortib borishi miqdori kasallangan inson tuzalib ketgunga qadar muayyan vaqtgacha saqlanib qoladi. Organizmdagi quvvatning salmoqli darajada sarflanishi undagi uglevod zaxiralarining kamayishiga olib keladi. To‘xtovsiz jismoniy og‘ir mehnat qilish oqibatida sut kislotasining ko‘payishiga, qondagi gemoglabin kislorodining teriga o‘tish tezligining oshishiga olib keladi. Shuningdek, og‘ir jismoniy mehnat qiladiganlarda suv va tuz almashish jarayonlarining tezlashishiga, ter to‘kilishiga, bular esa buyraklar bajaradigan vazifaning yengillashishiga olib keladi. Ammo, bunday mehnat faoliyatida organizmdagi oshqozon osti bezi ish faoliyatining sekinlashishiga, ovqat hazm qilinishining pasayishiga olib keladi hamda eshitish, ko‘rish, sezish faoliyatiga - gaz almashinuvi qisman o‘zgarishi, pulsi sekinlashishi, nafas olishning qiyinlashishi, miyaga ko‘p qon quyilishiga olib keladi. Surunkali aqliy mehnat qon tomirlari, ayniqsa miya va yurak qon tomirlarining me’yoriy tonusining o‘zgarishiga olib keladi. Aqliy mehnat faoliyati sezgi a’zolari: eshitish, ko‘rish, sezishning jimjitlikda ishlashi bilan uzviy bog‘liq. Engil jismoniy mehnat, aqliy mehnat faoliyatini qo‘llab quvvatlab turadi, og‘ir jismoniy mehnat esa buning aksi, jismoniy va aqliy mehnat faoliyatini to‘xtovsiz amalga oshirilishi inson ishlash qobiliyatining pasayishiga olib keladi. 28.Mehnatni muhofaza qilishda ergonomikaning ahamiyati? Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling