Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari


Avtomatik o‘t o‘chirish vositalari


Download 0.62 Mb.
bet76/80
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209174
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
HFX fanidan YN savollari 1

Avtomatik o‘t o‘chirish vositalari

Avtomatik o‘t o‘chirish tizimiga sprinkler qurilmalari kiradi. Sprinklerlar asosan yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan korxonalarda o‘rnatiladi.

Sprinkler qurilmalari o‘rnatiladigan xonalarga yoki sexlarga bosim ostida suv o‘tkazuvchi quvurlar o‘tkaziladi va bu quvurlarga sprinkler boshchalari o‘rnatiladi. Mabodo yong‘in sodir bo‘lsa, issiqlik ta’sirida sprinkler ishga tushadi, ya’ni suv chiqish teshigi ochilib, suv sepa boshlaydi. Uning suv chiqarish teshigidan ma’lum masofada o‘rnatilgan doira shaklidagi to‘siq suvni keng ko‘lamda sachrashini ta’minlaydi; Har bir sprinkler boshchasi 6-9 m2 maydonga suv sachratib, o‘t o‘chirishni ta’minlaydi. Bunday qurilmalar o‘rnatilgan korxonalarda sodir bo‘lgan yong‘inlarning 90 foizi shu qurilmalar o‘t o‘chirish komandalari kelguniga qadar o‘chirishga ulgurgani aniqlangan.

Sprinkler qurilmasining asosiy ishchi qismi sprinkler boshchasi hisoblanadi. Uning bir tomoni rezbali qilib tayyorlangan. Shu tomonini suv o‘tkazuvchi quvurga burab o‘rnatib qo‘yiladi. Uning ikkinchi tomoniga bronzadan qilingan halqa, halqa tutqichi oxiriga esa deflektor o‘rnatilgan. U sprinkler boshchasi teshigidan chiqadigan suvga to‘siq vazifasini bajaradi. Suv deflektorga urilib har tomonga yoyilib sochiladi. Bronza halqa sprinkler boshchasiga yupqa metalldan qilingan diafragmani qisib turadi. Diafragma o‘rtasida teshik qolib, u shisha klapan bilan berkitilgan. Bu klapanni yupqa plastinka ushlab turadi. Plastinka asosi halqa bilan yengil eruvchan modda yordamida yopishtirib qo‘yilgan. Yengil eruvchan moddaning eruvchanligi sharoitga moslab tanlanishi mumkin. Agar bino ichidagi havo harorati ko‘tarilsa, unda yengil eruvchan modda erib ketadi va bu diafragma teshigini berkitib turgan shisha klapanning tushib ketishiga sababchi bo‘ladi. Shundan keyin sprinkler boshchasi ma’lum maydon bo‘ylab suv sepa boshlaydi.

Sprinkler tizimiga keltirilgan suv ma’lum qurilmalar orqali o‘tganligi sababli, bu qurilmalar yong‘in chiqqanini bildiruvchi sirena bilan signal beradi.

Sprinkler qurilmalari bilan bir qatorda drencher qurilmalaridan ham keng foydalaniladi. Drencher qurilmalarining sprinklerdan asosiy farqi shuki, unda yengil eruvchan qulfli qurilma o‘rnatilmaydi. Ularni ishlatish asosan suv o‘tkazish kranlarini ochish yo‘li bilan amalga oshiriladi.




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling