Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari


Download 0.62 Mb.
bet72/80
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209174
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
Bog'liq
HFX fanidan YN savollari 1

Bug‘ yordamida o‘chirish. Ba’zi bir sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida juda ko‘p miqdorda bug‘ hosil bo‘lishi mumkin. Bunday korxonalarda yong‘in chiqqan taqdirda bug‘dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Bug‘ bilan o‘chirishning asosiy qonuniyati shuki, xonalarga yuborilgan bug‘ kislorodga boy havoni siqib chiqarib, uning o‘rnini egallaydi. Bug‘ning o‘t o‘chirish samaradorligi uning ma’lum bir xonaga yuborilgan miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Bug‘ yonayotgan xonadagi asosiy bo‘shliqlarning hammasini to‘ldirib, kislorodli havoni butunlay siqib chiqarishi kerak. Bunda hosil bo‘ladigan ortiqcha namlik o‘t o‘chirishning asosiy vositasi bo‘la olmaydi.

Bug‘ bilan o‘t o‘chirishning mazmunini quyidagicha tushuntirish mumkin. Yong‘in bo‘layotgan xonaga qisqa muddat (5-10 minut) ichida ko‘p miqdorda, ya’ni u to‘lguncha bug‘ yuboriladi va tirqishlar iloji boricha berkitiladi. Bug‘ xonani butunlay qoplab, u yerdagi kislorodli havoni qisman siqib chiqaradi, qolgan qismida, xonaning yong‘in hisobiga va yuborilgan bug‘ hisobiga 85°S dan ortiq isib ketganligi sababli kislorod miqdori 31 foizga qisqaradi va xonadagi kislorod miqdori 15-16 foizga kamayadi. Bu esa yong‘inning davom etishi imkoniyatini yo’qotadi.

Yong‘inga qarshi suv ta’minoti. Odatda o‘t o‘chirish uchun ishlatiladigan suv katta bosim ostida kuchli oqim sifatida alangalanayotgan joyga yuboriladi. Buning uchun yetarli bo‘lgan bosimni shahar sharoitida umumiy shahar vodoprovod tarmoqlari orqali hosil qilinadi. Yoki bo‘lmasa ba’zi bir yerlarda maxsus tayyorlangan hovuz va idishlardan foydalanish mumkin.

Past bosimga mo‘ljallangan vodoprovod tizimidagi suv bosimi ma’lum miqdordagi suvni yer yuzasidan kamida 10 metr uzoqlikka o‘tishi kerak.

Yuqori bosimga mo‘ljallangan vodoprovod tizimida esa ma’lum miqdordagi suvni stvollar yordamida binoning eng yuqori nuqtasidan kamida 10 metr uzoqlikka otib berishi kerak. Bunday vazifalar vodoprovod baklarini yetarli darajadagi balandlikka o‘rnatish bilan yoki ayrim hollarda nasoslar yordamida bajariladi.

Sanoat korxonalarida o‘t o‘chirish uchun kerak bo‘ladigan suv miqdori sanoat korxonasining yong‘in toifasi va bu binoning o‘tga chidamlilik darajasiga va uning umumiy hajmiga qarab belgilandi.

Yong‘inga qarshi vodoprovod tizimlari aylanma vodoprovod tizimiga ikkita suv quvuri bilan ulanadi. Yong‘inga qarshi gidrantlar sanoat korxonasi maydonida bir-biridan 100 m dan ortiq bo‘lmagan masofada joylashtiriladi, ular bino devoriga va ko‘chalar kesishgan joylarga 5 m dan yaqin bo‘lmasligi kerak.

Yong‘inni ichkari tomonidan o‘chirishga mo‘ljallangan vodoprovodlardagi suv miqdori, ikki joydan kuchli oqim sifatida suv berilganda, har biri 2,5 l/s suv miqdorini ta’minlay olishi kerak.

Yong‘in o‘chirish yenglari yumshoq to‘qima materiallardan ishlangan bo‘ladi va diametri 51 va 66 mm qilib tayyorlanadi. Ularning uzunligi 10 va 20 m. Bino ichkarisida o‘rnatilgan yong‘inga qarshi gidrantlar oralig‘i 10 yoki 20 metrli yenglar yordamida yong‘inni o‘chirish uchun kuchli suv oqimi binoning eng baland va eng uzoq nuqtasini ikkala gidrant orqali suv purkash imkoniyatini beradigan qilib o‘rnatiladi. Ichkarida o‘rnatilgan yong‘in kranlari pol yuzasidan 135 sm balandlikda o‘rnatiladi.

Ko‘pik bilan o‘chirish. Ko‘pik bu suyuqlikning maydalangan tizimi bo‘lib, bunda havo bir-biridan suyuqlikning tarang sirtlari bilan ajratilgan bo‘ladi. Ko‘pik hosil qilishi uchun havo zarralarini suv qobig‘i bilan o‘rash, ya’ni havo zarralarini suvga singdirish kerak.

Ishqorlar bilan kislotalar aralashmasining kimyoviy reaksiyasi, yoki suv bilan ko‘pik hosil qiluvchi modda va havo aralashmasini mexanik aralashtirish asosida ko‘pik hosil qilinadi.

Kimyoviy ko‘pik 80% karbonat angidrid gazi, suv va 0,3% ko‘pik hosil qiluvchi moddadan tashkil topadi. Mexanik ko‘piklar esa 90% havo, 9,6% suv va 0,44% ko‘pik hosil qiluvchi moddadan iborat bo‘ladi.

Qattiq moddalar va asosan yengil alangalanuvchi suyuqliklar yonib ketganda ko‘pik bilan o‘chirish yaxshi natija beradi. Chunki yengil alangalanuvchi suyuqliklar solishtirma og‘irligi suvdan yengil va ularni suv bilan o‘chirib bo‘lmaydi.

Ko‘pik bilan o‘chirishning asosiy xususiyati shuki, u yengil alangalanuvchi suyuqlik yuzasini yoki qattiq jism yuzasini yupqa ko‘pik qavati bilan qoplab, yonayotgan modda bilan havodagi kislorod o‘rtasida to‘siq hosil qiladi. Bu to‘siqning mustahkamligi ko‘pikning tuyg‘unlik xossasiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pik tez alangalanuvchi suyuqlikdan ancha yengil bo‘lganligi sababli, uning yuzasida muhofaza qobig‘i tashkil etadi, bu qobiq suyuqlik bug‘lari hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shuningdek, kislorodni kiritmaydi. Agar ko‘pikning turg‘unligi kam bo‘lsa, unda suyuqlik yuzasida uzilish hosil bo‘lishi mumkin, ya’ni tarang tortilib turgan parda ochilib ketishi mumkin, bu esa, albatta, alangalanishning qaytadan boshlanishiga sharoit yaratadi. Bundan tashqari ko‘pikning issiqlik o‘tkazish xususiyati juda past bo‘lganligidan, yonayotgan yuzadan issiqlikning suyuqlik yuzasiga ta’sir etishiga to‘siqlik qiladi.

Kimyoviy ko‘piklar asosan qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlarda keng qo‘llaniladi.

O‘chirish uchun ishlatiladigan ko‘piklarning tavsifli belgilari, ularning turg‘unligi va ko‘pik hosil qilish darajasidir. Ko‘pik hosil qilish darajasi bu ko‘pikni hosil qilish uchun sarflanadigan moddalarga nisbati hisoblanadi. Ko‘pik hosil qilish darajasi kimyoviy ko‘piklar uchun 5, mexanik ko‘piklar uchun 8-12 bo‘lishi mumkin. Yuqori ko‘piruvchi mexanik ko‘piklarda bu miqdor 100 va undan katta bo‘ladi. Ko‘pikning turg‘unligi esa uning katta haroratda so‘nmasdan, ma’lum vaqtgacha chidash berishi hisoblanadi. Kimyoviy ko‘piklar suyuqlik yuzasida bir soatgacha, RO-1 yordamida olingan mexanik ko‘piklar 30 min, RO-6 yordamida hosil qilingan ko‘piklar esa 40-45 minut turg‘unlikka ega bo‘lishi mumkin.

Sanoat korxonalaridagi o‘t o‘chirish tizimlarining asosiy qismini suv va ko‘piksimon moddalar tashkil qiladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, suv va ko‘pik bilan hamma yerda va har qanday yong‘inlarni o‘chirish mumkin emas. Chunki ba’zi bir holatlarda kimyoviy reaksiyalar sanoat chiqindilari ta’sirida yetarli darajada unumdor ko‘pik ajratmasdan, ulardan boshqa moddalar ajralib chiqishi yong‘inning kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Ko‘pikni xilma-xil qurilmalarda hosil qilish mumkin: bular doimiy o‘rnatilgan, ko‘chirib yurish mumkin bo‘lgan yoki harakatlanuvchi qurilmalar va qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlardir.

Qo‘lda ishlatiladigan ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar juda keng tarqalgan. Bunga sabab o‘t o‘chiruvchi moddani istalgan vaqtda ishlatish mumkin. Uni bir odam bir necha sekund davomida ishga tayyorlashi va oson ishlatishi mumkin. Bundan tashqari, undan ajralib chiqadigan ko‘piksimon modda oqim sifatida anchagina bosim yordamida (6-8 atmosfera) bir necha metr masofadagi yonayotgan zonaga (6-8 metr) yo‘naltirilishi mumkin.

Sanoat korxonalarida faqat qattiq yoki suyuq moddalargina emas, balki elektr qurilmalari, stanoklar va boshqalar ham yonib ketishi mumkin. Ma’lumki, yuqorida aytib o‘tilgan o‘t o‘chirish vositalarini qo‘llash, ya’ni ko‘pik yoki suv yordamida o‘chirish, ular elektr tokini yaxshi o‘tkazganligi tufayli ularni elektr qurilmalarini o’chirishda, mutlaqo ishlatib bo‘lmaydi. Chunki bunda o‘t o‘chiruvchining elektr toki ta’siriga tushib qolish xavfi bor. Shuning uchun bunday hollarda karbonat kislotalaridan foydalaniladi.

Eng ko‘p ishlatiladigan karbonat angidridi (CO2) havodan 1,5 barobar og‘ir bo‘lganligi sababli, pol sathidagi yonuvchi hajmni sovutish bilan birga unga keladigan kislorod yo‘lini to‘sish evaziga, yong‘inni tez o‘chirish imkonini beradi. 1 litr suyuq karbonat angidridi, balondan ochiq havoga chiqarilganda uning hajmi 506 litrga ko‘payadi.

Ma’lumki, karbonat angidridi o‘t o‘chirgichlarga to‘ldiriladi. Bunday o‘t o‘chirgichlarning OU-2, OU-5, OU-8 turlari keng qo‘llaniladi. Bu o‘t o‘chirgichlarni ishlatishda uning yuqori qismiga o‘rnatilgan ventil burab ochiladi. O‘t o‘chirgichga to‘ldirilgan suyultirilgan CO2 bosim ostida uning ichki tomonidan siqib chiqarila boshlaydi. Suyultirilgan CO2 katta tezlik bilan bug‘lanishi hisobiga qorsimon massaga aylanadi. Nihoyatda sovuq bo‘lganligi uchun elektr qurilmasiga yo‘naltirilgan taqdirda uni o‘rab sovutadi (uning sovuqligi -81°C  atrofida bo‘ladi) va havo o‘tkazmaganligi sababli olovni o‘chirishga erishiladi. Bu o‘t o‘chirgichlarning son ko‘rsatkichlari uning hajmini bildiradi.

Sanoatda karbonat kislotali, zambilg‘altaklakka o‘rnatilgan 25, 50 litr va undan katta hajmdagi turlari ham mavjud. Bundan tashqari tarkibiga galogenlar (ftor, xlor, brom, yod) qo‘shilgan o‘t o‘chirgichlardan ham keng foydalaniladi. Asosiy xususiyati shuki, ular kimyoviy reaksiyani to‘xtatishi mumkin.




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling