Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari
Download 0.62 Mb.
|
HFX fanidan YN savollari 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- “«Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”
- “Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risida” Nizom
- “Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun
- Yong‘indan saqlash xizmati turlari va asosiy vasifasi
Fuqarolarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari (11-modda): Huquqlari:
- yong‘in kelib chiqqan taqdirda o‘z sog‘lig‘i va mol-mulkining himoya qilinishi; - yong‘in tufayli o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rni belgilangan tartibda qoplanishi; - o‘z sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazgan yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda ishtirok etish; - yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda axborot olish; - yong‘indan saqlash xizmati yetib kelguniga qadar odamlarni, mol-mulkni qutqarish va yong‘inlarni o‘chirish yuzasidan choralar ko‘rish; - yong‘inlarni o‘chirishda yong‘indan saqlash xizmatiga ko‘maklashish; - yong‘in xavfsizligini ta’minlashda, shu jumladan ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati faoliyatida ishtirok etish. Majburiyatlari: - yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish; - yong‘inni sezib qolganda bu haqda yong‘indan saqlash xizmatiga darhol xabar qilish; - yong‘indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarish. Fuqarolar o‘ziga qarashli ishlab chiqarish, xo‘jalik binolarini, turarjoylarni va boshqa binolar hamda imoratlarni belgilangan tartibda yong‘in nazoratini amalga oshirish maqsadida ko‘zdan kechirish va tekshirish uchun yong‘in nazorati organlarining mansabdor shaxslariga imkoniyat berishi shart. “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash” nomli 3-bobni 14 modda tashkil etadi. Bular yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risidagi, sohani normativ jihatdan tartibga solish, ishlar bajarish hamda xizmatlar ko‘rsatish, yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish haqidagi, yong‘inni o‘chirishni tashkil etish, yong‘inga qarshi targ‘ibotni tashkil etish va yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish, yong‘in xavfsizligi sohasida axborot bilan hamda ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash to‘g‘risidagi, yong‘inni va uning oqibatlarini hisobga olish, tegishli hududlarda yong‘inga qarshi alohida rejim o‘rnatilish, yong‘in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish, yong‘in xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash hamda mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish haqidagi moddalardir. “Yong‘indan saqlash xizmati” deb nomlangan 4-bobda yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari, yong‘indan saqlash xizmatining turlari (davlat, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatlari), Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining funksiyalari, shu jumladan, uning tegishli shtat lavozimlarida turadigan xodimlari, maxsus unvonga ega bo‘lmagan va Davlat yong‘in xizmatining operativ lavozimlarida ishlaydigan hamda yong‘inni o‘chirishda bevosita qatnashadigan xodimlardan iborat shaxsiy tarkibga ta’rif berilgan. Alohida moddalarda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari hamda uning hayoti va sog‘ligi davlat tomonidan sug‘urta qilinishi shartligi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olish, ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari ko‘rsatib o‘tilgan. “Yong‘in nazorati” deb nomlangan 5-bob 2 moddadan iborat bo‘lib, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat yong‘in nazoratini va idoraviy yong‘in nazoratini amalga oshirish tartibi bayon etilgan. “Yakunlovchi qoidalar” deb nomlangan 6-bobda davlat, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti tartibi, nizolarni hal etish tartibi, shuningdek, yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Mazkur qonun MDHga a’zo davlatlarda xuddi shunday munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarga qaraganda, bir muncha ijobiy jihatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, Rossiya Federatsiyasida yong‘inga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun yaxlit ko‘rinishga ega bo‘lmay, sohaning texnik qoidalariga bag‘ishlab alohida qonun qabul qilingan. Bizning qonunda esa ushbu masalalar qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinishi to‘g‘risidagi norma qonunning o‘zida aks ettirilgan. “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Adliya, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti” vakillari, olimlar hamda ekspertlardan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruh ishtirokida keng muhokama qilinib, ularning mulohaza va takliflari inobatga olindi. Mazkur qonun fuqarolarimizning hayoti va sog‘ligini yong‘indan himoyalashning huquqiy kafolatini ta’minlash bilan bir qatorda, sohaga aloqador jismoniy hamda yuridik shaxslarning faoliyatini qonun yo‘li bilan yanada samarali tartibga solishga xizmat qiladi. 2013 yil 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 89-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan, “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, yong‘inlarning oldini olish va ularni o‘chirish ishida fuqarolarning sa’y-harakatlarini birlashtirish, muhandis-texnik xodimlarni, ishchi va xizmatchilarni bu ishga keng jalb etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni yong‘in xavfsizligi choralarini qo‘llashga va yong‘in paytida to‘g‘ri harakat qilishga o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning zarur tarzda hisobga olinishi va tizimlashtirilishini ta’minlash maqsadida quyidagilar tasdiqlandi: 1. Yong‘in-texnik komissiyalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risidagi Nizom. 2. Ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risidagi Nizom. 3. Yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi to‘g‘risidagi Nizom. 4. Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom. Qarorda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, boshqa manfaatdor tashkilotlar aholi punktlari va ob’ektlarda ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini tashkil etishda hamda ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, ko‘ngilli va idoraviy yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olishda, shuningdek umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida yosh yong‘in o‘chiruvchilar drujinalarini tashkil etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yishda har tomonlama ko‘maklashishlari ko‘rsatib o‘tilgan. Respublikamizda davlat yong‘in nazoratini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 4 oktyabrdagi 272-sonli qaroriga asosan “Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risida” Nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizom davlat yong‘in nazorati organlari va mansabdor shaxslarining ro‘yxatini, ularning vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Davlat yong‘in nazorati davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida amalga oshiriladi. Hukumatimiz va mutasaddi tashkilotlar tomonidan turli ko‘ngilochar tadbirlar, ayniqsa Yangi yil bayrami arafasida joylarda yo’l harakati va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, pirotexnika buyumlarining noqonuniy savdosiga yo‘l qo‘ymaslik ishlariga alohida e’tibor qaratilayotir. 2010 yil 22 sentyabr kuni 261-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Aslida bu huquqiy hujjat pirotexnika buyumlari muomalasini litsenziyalash joriy etilishini, shuningdek, pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi yuzasidan ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutganligi bilan ham ahamiyatlidir. Pirotexnika buyumlari maqsadi va qo‘llanish sharoitlariga ko‘ra, ikki guruhga: maishiy maqsaddagi buyumlar hamda maxsus va texnik maqsaddagi buyumlarga bo‘linadi. Darhaqiqat, keyingi yillarda pirotexnika buyumlarining, asosan, maishiy maqsadlardagi pirotexnika vositalarining muomalasi keskin ko‘paydi. Xalqaro hamda milliy tasnifga muvofiq, pirotexnika buyumlari birinchi klassga mansub portlovchi materiallar va buyumlarning alohida toifalariga kiritilgan hamda ular fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va mol-mulkni asrash manfaatlariga bevosita ta’sir etadi. Pirotexnika buyumlarining yuqori darajada xavfliligiga qaramay, ularning asosiy qismi muomalasiga doir masalalar qonunchilik bilan yetarli darajada tartibga solinmagan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 martdagi “Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish sohasida xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat litsenziyalanishi kerak bo‘lgan portlovchi va zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalari ro‘yxati tasdiqlangan edi. Pirotexnika buyumlarining o‘ziga xos farqlanuvchi xususiyatlarga egaligi hisobga olinib, ular ushbu ro‘yxatga kiritilmagan edi. Bundan tashqari, amaldagi qonun hujjatlarida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasidagi harakatlarning, litsenziyalardan tashqari, boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar yoxud davlat tomonidan tartibga solishning boshqacha shakllari asosida amalga oshirilishi ham nazarda tutilmagan. Xalqaro tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, qator mamlakatlarda, jumladan, Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar, Kanada, AQSH (ayrim shtatlarida), Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi, Moldova, Latviya va Estoniyada pirotexnika buyumlari muomalasini litsenziyalash amalga oshirilmoqda. Yuqorida qayd etilganlarni inobatga olib, bu sohaga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish maqsadida to‘rt moddadan iborat bo‘lgan mazkur Qonun qabul qilingan. Ushbu Qonunning birinchi moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi “Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi” deb nomlangan, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi 2501 -modda bilan to‘ldirildi. Mazkur Qonunning 2-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi “Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi” deb nomlangan 1851 -modda bilan to‘ldirildi. Bu moddadagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Negaki, ushbu modda sanksiyasi huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilishni nazarda tutadi. Mazkur Qonunning 3-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining Ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qarorining 1-ilovasi “Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish” mazmunidagi 74-xatboshi bilan to‘ldirildi. Qisqa qilib aytganda, Qonun pirotexnika buyumlarining muomalasi sohasida davlat tomonidan samarali nazorat o‘rnatilishiga, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning sog‘lig‘ini muhofaza etishga hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga, shubhasiz, ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”, “Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va xavfsizligi ta’minlanishini nazorat qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2010 yil 25 oktyabrdagi 234-sonli qarori qabul qilindi. Rеspublikamizning har bir fuqarosi shaxsiy, jamoat va davlat mulkini ko’z qorachig’iday saqlashi, asrab avaylashi, atrof tabiiy muhitga yong’inlar oqibatida yetkaziladigan zararlar haqida qayg’urishi zarur. Bu esa o‘z navbatida bizga yong‘in muhofazasini tashkil qilish va texnika xavfsizligi qoidalarini yaxshi bilish hamda ularni o‘zaro uzviy bog‘lay olish vazifasini yuklaydi. Yong‘inning kelib chiqish sabablarini, yong‘inning oldini olish yoki yong‘in sodir bo’lganda uni qisqa vaqt ichida o‘chirish usullarini, yong‘inni o‘chirish vositalaridan foydalanish tartib va qoidalarini o‘rganish barchamizning vazifa va burchimizdir. 78- Yong‘indan saqlash xizmati turlari va asosiy vasifasi Yong’inni o‘chirish, yong‘inlar va avariyalarning kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) oldini olish bilan bog‘liq zarur ishlarni amalga oshirishda yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalari asosiy rol o’ynaydi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling